Safvon ibn al-Mu’attal as-Sulamiy (; 638 yoki 679-yilda vafot etgan) – sahoba, ilk musulmonlar istilolarida ishtirok etgan arab qoʻmondonlaridan biri. Banu Sulaym qabilasiga mansub boʻlib, islomni birinchilardan boʻlib qabul qilganlardan hisoblanadi. Safvon Muhammadning rafiqasi Oysha bilan karvondan ajralib qolganida munofiq shoir Abdulloh ibn Ubay ibn Salul tomonidan tuhmatga uchragan. Keyinchalik amir etib tayinlangan va Madinadan Basraga koʻchib oʻtgan. Vizantiyaliklarga qarshi Jazira (Yuqori Mesopotamiya) va Armaniston hududlarida olib borilgan harbiy yurishlarda ishtirok etga. Baʼzi manbalarda uning Armanistonda halok boʻlgani aytilsa, boshqa maʼlumotlar uning uzoq umr koʻrib, Armaniston noibi lavozimida xizmat qilgan vaqtida vafot etganligini keltirib oʻtgan.

Hayoti Safvon ibn al-Muattal yirik Banu Sulaym qabilasining Zakvon urugʻiga mansub boʻlganLecker 1997, p. 817.. Uning tugʻilgan yili manbalarda qayd etilmaganJuynboll 1995, p. 819.. Sulaym qabilasining koʻplab vakillari al-Harra mintaqasida istiqomat qilar edi. Ushbu urugʻning koʻpchiligi Makka shahrida yashab, Quraysh qabilasi bilan yaqin aloqada boʻlishgan. Ulardan farqli ravishda Safvon Madinada yashagan. Safvon paygʻambar Muhammadning 627-yilda al-Muraysiy qudugʻiga yurishidan oldin islomni qabul qilganJuynboll 1995, p. 820..

Manbalar

Turkum:Madina kishilari Turkum:Sahobalar Turkum:Roshidun xalifaligi generallari Turkum:679-yilda vafot etganlar