Vsevolod Zinoviyovich Nestayko (; 1930-yil 30-yanvar Died Ukrainian children's writer Vsevolod Nestayko - media, Korrespondent (17 August 2014) – 2014-yil 16-avgust He died a famous childrenʼs writer Vsevolod Nestayko , Dyvys.info (16 August 2014) DIED Vsevolod Nestayko, Ukrayinska Pravda (17 August 2014)) – ukrainalik zamonaviy bolalar yozuvchisi. Ukrainada mamlakatning eng taniqli va eng sevimli ukrain bolalar adabiyoti yozuvchisi hisoblanadiVsevolod Nestayko (30.01.1930), The publishing house of Ivan Malkovych A-BA-BA-HA-LA-MA-HA.
Hayoti Birinchi jahon urushi paytida Nestaykoning ota-onasi frontning qarama-qarshi tomonlarida boʻlishgan. Uning otasi Sich oʻqchisi (Avstriya-Vengriya armiyasidan) va keyinchalik Ukraina Galisiya armiyasi askari boʻlgan, onasi rus adabiyoti oʻqituvchisi, rus imperatorlik armiyasida hamshira boʻlgan. 1933-yilda otasi NKVD tomonidan oʻldirilgan. Golodomor ochligidan qutilish uchun Nestayko va uning onasi Kiyevga singlisinikiga koʻchib oʻtishgan. Nestayko oʻshandan boshlab Kiyevda yashab, ishlagan.
1947-yilda Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetiga oʻqishga kirgan va 1952-yilda Nestayko universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Keyin „Dnipro“, „Barvinok“ va „Molod“ jurnallarida ishlagan. 1956-yildan 1987-yilgacha Nestayko „Veselka“ bolalar adabiyoti jurnaliga mas’ul muharrir boʻlgan. Nestaykoning birinchi kitobi „Shurka i Shurko“ 1956-yilda nashr etilgan. Oʻshandan to vafotigacha yozuvchining 30 ga yaqin hikoyalari, ertaklari, romanlari va pyesalari nashr etilgan. Yozuvchining kitoblari dunyoning yigirmata tiliga, jumladan, ingliz, nemis, fransuz, ispan, rus, arab, bengal, venger, rumin, bolgar va slovak tillariga tarjima qilingan. Nestaykoning „Toreadori z Vasyukіvki“ asari Myunxendagi xalqaro festivalda Gran-pri (1968) va Sidneyda (1969) bosh mukofotga sazovor boʻlgan. Yozuvchining „Odinitsya z obmanom“ povesti asosida olingan film Kiyevdagi Butunittifoq kinofestivali mukofoti (1984) va Gabrovo kinofestivalida (1985, Bolgariya) maxsus mukofot bilan taqdirlangan. Nestayko asarlari Ukrainadagi maktab oʻquv dasturlariga kiritilgan.
2010-yilda Viktor Yushchenko yozuvchini beshinchi darajali knyaz Yaroslav ordeni bilan taqdirlagan.
2014-yil 16-avgustda 84 yoshida Kiyevda vafot egan.
2015-yil 30-yanvar kuni Google yozuvchining 85 yilligini Google Doodle orqali nishonlagan.
Manbalar
Turkum:2014-yilda vafot etganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar