Ági Pataki (tavallud paytidagi ismi Ágnes Pataki; 1951-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) – vengriyalik model va kino prodyuser. Taxminan yigirma yil davomida Kőbánya Pharmaceuticals kompaniyasining Fabulon mahsulotlari uchun reklama posterlarida suratga tushgan. Shuningdek, Pepsi, Philip Morris, L’Oréal Professionnel va Semperit kabi brendlar uchun ham model sifatida suratga tushgan.
Karyerasi
Yoshlik yillari Ági Pataki 1951-yil 5-sentyabrda Vengriyaning Budapesht shahrida dunyoga kelgan.
1956-yilgi Vengriya inqilobidan oldin Patakining otasi harbiy xizmatchisi boʻlgan. Inqilobdan keyin esa iqtisodiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. Onasi Sogʻliqni saqlash vazirligida maʼmur boʻlib ishlagan. Patakining bolaligi Budapeshtda oʻtgan. Oʻqishni tamomlagach, nemis–ispan tillari boʻyicha gidlik imtihonini topshirib, professional tarjimon sifatida ishlay boshlaganVersenyezni kell a férfiakkal?, VG.hu – 2014. május 27.
Modellik 1970-yilda Andrea Némeths tomonidan olingan Patakining fotosurati grafik dizayner va Kőbánya farmatsevtika kompaniyasining PR direktori József Finta tomonidan kashf etilgan. Shundan soʻng Pataki 1970 va 1980-yillar davomida kompaniyaning „Fabulon“ kosmetika liniyasi uchun asosiy reklama yuzi boʻlib qoldi. Shuningdek, Pataki xalqaro mahsulotlar eʼlonlarida ham model sifatida ishtirok etgan va János Fenyő, Gábor Modos hamda Miklós Lengyel kabi fotograflar bilan hamkorlik qilganZsigmond Márta: Ez a Divat Évkönyv '77 (antikvarium.hu).
2003-yilda Elle jurnalida Patakining surati paydo boʻldi. 2014-yilda L’Oréal Professional It Looks kampaniyasi tomonidan Vengriyadagi eng zamonaviy, oʻziga xos uslubga ega va ilhomlantiruvchi ayol sifatida tan olingan va Pataki „It Woman“ unvonini olgan birinchi ayolga aylangan. 2015, 2016 va 2017-yillarda Forbes jurnali Patakini madaniyat sohasidagi eng nufuzli vengriyalik ayollar roʻyxatida 9-oʻringa qoʻygan.
Manbalar
Turkum:Modellar (kasb) Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:5-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Budapeshtda tugʻilganlar Turkum:Prodyuserlar