„Might Not“ – kanadalik repper Belly hamda kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ijrosidagi qoʻshiq. Trek 2015-yil 18-dekabrda Roc Nation va XO leybllari orqali Bellyning Up For Days miksteypidan yagona singl sifatida chiqarilgan. Prodyuser sifatida ham ishlagan Ben Billions bilan birgalikda yozilgan bu qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 chartida 68-oʻringa chiqqan. Qoʻshiqning rasmiy remiksida amerikalik repperlar 2 Chainz va Yo Gotti yangi kupletlar qoʻshgan holda ishtirok etgan.

Kompozitsiyasi Bu C♯ minor tonida yozilgan hip-hop va trap janridagi qoʻshiqdir.

Musiqiy klipi „Might Not“ qoʻshigʻining musiqiy videosi qoʻshiq bilan bir kunda, yaʼni 2015-yil 18-dekabrda Bellyning YouTubedagi Vevo kanalida premyera qilindi. Videoga Shomi Patwary va Belly rejissyorlik qilgan. 2025-yil may holatiga koʻra, video YouTubeda 83 million marta koʻrilgan.

Tijoriy muvaffaqiyati „Might Not“ 2016-yil 30-aprel sanasida yakunlangan haftaning Billboard Hot 100 reytingida eng yuqori oʻrni – 68-oʻrinni egallagan va shu bilan Belly uchun asosiy ijrochi sifatidagi, eng yuqori oʻrinni egallagan qoʻshigʻiga aylangan. Qoʻshiq RIAA tomonidan AQShda 1 milliondan ortiq sotuv va strim ekvivalent birliklar evaziga Platina sertifikatiga sazovor boʻlgan.

Chartlar Chart (2016)Eng yuqorioʻrin

Yil yakunlari boʻyicha chartlar Chart (2016)Oʻrin Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard)69 Rhythmic (Billboard)11 (Canadian Hot 100)93

Sertifikatsiya +„Might Not“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAmerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA)Platina1,000,000Kanada (Music Canada)3× Platina240,000

Manbalar

Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:2015-yil singllari Turkum:Belly qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:XO (yozuv leybli) singllari