Sebastopolis jangi – 692-yilda Vizantiya imperiyasi hamda Abdulmalik ibn Marvon boshchiligidagi Umaviylar xalifaligi oʻrtasida Sebastopolis hududida boʻlib oʻtgan jang. Bu jang 680-yildan beri ikki qudratli hokimiyat oʻrtasida mavjud tinchlik davriga barham bergan.
Umaviylar qoʻshiniga Muhammad ibn Marvon boshchilik qilgan. Vizantiyaliklar yetakchisi esa Leontios boʻlib, ularning safida Neboulos boshchiligidagi 30 000 nafar onadoʻlilik slavyanlardan iborat maxsus qoʻshin ham boʻlgan. Umaviylar sulh buzilganidan gʻazablanib, jangda bayroq oʻrniga bitim matnining nusxalarini oʻzlari bilan olib chiqqanKomatina, Predrag (2014). „Settlement of the Slavs in Asia Minor During the Rule of Justinian II and the Bishopric των Γορδοσερβων“ Beogradski istoriјski glasnik, 35, 39. Jang dastlab vizantiyaliklar foydasiga kechgandek tuyulgan boʻlsa-da, 20 000 dan ortiq slavyanlarning oʻz safini tark etib, dushman tomoniga oʻtib ketishi Vizantiya qoʻshinining magʻlubiyatiga sabab boʻlganOstrogorsky, George, History of the Byzantine state,(Rutgers University Press, 1969), 131.Hendy, Michael F., Studies in the Byzantine Monetary Economy C. 300-1450, (Cambridge University Press, 2008), 631.Haldon, John F., Byzantium in the seventh century, (Cambridge University Press, 1997), 72.. Manbalardan birida aytilishicha, imperator Yustinian II omon qolgan slavyanlarni, jumladan, ayollar va bolalarni ham Nicomedia qoʻltigʻida qirib tashlagan. Biroq zamonaviy tadqiqotchilar ushbu maʼlumotni ishonchli deb hisoblamaydi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:692 Turkum:Vizantiya imperiyasi janglari