Ruslan Roziyev (; 2002-yil 10-noyabr, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Belarusning „Naftan“ jamoasi tarkibida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati Ruslan Paxtakor futbol klubi maktabida taʼlim olgan. 2019-yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibiga jalb qilingan. 2019-yil 17-iyunda Buxoro jamoasiga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan va professional debyut oʻyinini oʻtkazgan. Bu oʻyinda uning yoshi 16 yosh 218 kunlik edi va Oʻzbekiston Superligasida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Undan avvalgi rekord Jasurbek Jaloliddinovga tegishli boʻlgan.
2021-yilgi mavsum avvalida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga ijaraga berilgan. Yarim mavsum davomida Fargʻonaliklar tarkibida oʻynagan va yozgi transfer oynasi vaqtida Paxtakor klubi Ruslanni Bekobodning „Metallurg“' klubiga ijaraga bergan. 2022-yilgi mavsumda Paxtakor jamoasi safiga qaytgan, ammo asosiy jamoa tarkibidan oʻrin olmagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2023-yilgi mavsum avvalida klub bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng jamoani tark etgan.
2023-yilgi mavsumda Chexiyaning quyi liga klublari tarkibida oʻynagan. 2024-yilgi mavsumda Rossiyada Medialiga jamoalari tarkibida faoliyat olib borgan. 2025-yilda Belarusning „Naftan“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2019, 2020, 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2022
Manbalar
Havolalar
Ruslan Roziyev Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:FC Naftan Novopolotsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi oʻzbekistonlik muhojir sportchilar