Habib ( — sevikli, doʻst, oʻrtoq) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Habib Abdullayev — oʻzbek va sovet geologi, OʻzSSR Fanlar akademiyasi akademigi va prezidenti boʻlgan. Habib Ahroriy — yozuvchi hamda tarjimon; Habib Asadullo — afgʻon yozuvchisi, adabiyotshunos; Habib Bourguiba — tunislik huquqshunos, millat yetakchisi va davlat arbobi; Habib Dembélé — malilik aktyor, rejissyor va yozuvchi; Habib Esfahaniy — eronlik shoir, tilshunos va tarjimon; Habib Mangal — afgʻonistonlik shifokor, ijtimoiy fanlar doktori; Habib Saʼdulla — oʻzbekistonlik shoir va musahhih; Habib Tursunov — tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor; Habib Umar ibn Hofiz — yamanlik sunniy islom olimi va oʻqituvchi; Habib Yusufiy — tojik shoiri, tarjimoni va adabiyotshunosi; Habib ibn Muzohir — Banu Asad qabilasidan boʻlib, Ali, Hasan ibn Ali va Husayn ibn Alining yaqinlaridan boʻlgan; Habib ibn al-Muhallab — Sind viloyati rahbari va harbiy qoʻmondoni; Habibjon Xolbayev — sovet va oʻzbek zobiti. „1-musulmon bataloni“ deb nomlangan qoʻmondon.

Familiya

Habibov Habibova

Yana qarang

Habiba

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari