Sulton Sulaymon va Roksolana masjidi () – Ukrainadagi Donetsk viloyatining Mariupol shahrida joylashgan. Ushbu masjid Usmoniylar imperatori Sulton Sulaymon va uning rafiqasi Roksolana (Hürrem Sultan) sharafiga nomlangan.

Tarixi Masjid 2007-yil 15-oktabrda ochilgan boʻlib, uning meʼmorchiligi Istanbuldagi Sulaymoniya masjidiga oʻxshab ketadi va Usmoniylar meʼmorchiligi uslubida barpo etilgan. Uning qurilishi Trabzonda tugʻilgan, turkiyalik tadbirkor Solih Jihon va mahalliy ozarbayjon jamoasi tomonidan moliyalashtirilgan.

Tuzilishi Masjidda bitta minora, markaziy gumbaz va hovli (shuningdek, shodirvon nomli favvora) mavjud boʻlib, bu joy nafaqat ibodat, balki jamoat uchrashuvlari uchun ham xizmat qiladi.

2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi 2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi vaqtida, 12-mart kuni, taxminan 80 kishi, jumladan turkiyalik fuqarolar ham boshpana topgan masjid Rossiya tomonidan oʻqqa tutilgan. Biroq Sulaymon masjidi uyushmasi rahbari Ismoil Hojioʻgʻli bu qurolli hujum sodir etilmaganligi, bomba portlashsi masjiddan taxminan 700 metr uzoqlikda sodir boʻlganini aytgan.

Galereya

Yana qarang

Ukrainada Islom

Manbalar