Armen Oganesyan (armancha: Արմեն Հովհաննիսյան; 2000-yil 7-martda tugʻilgan) – armanistonlik professional futbolchi, hujumchi sifatida Armanistonning oliy ligasi – Armaniston Premer-ligasida ishtirok etuvchi Alashkert futbol klubi safida toʻp suradi.

Faoliyati

Zemplín Michalovce Armen Oganesyan professional futboldagi debyutini 2019-yil 24-may kuni Slovakiya chempionatining Zemplín Michalovce jamoasi safida, DAC Dunajská Streda klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Ushbu uchrashuvda DAC jamoasi 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. Armen Oganesyan oʻyinning 56-daqiqasida, hisob 4:0 boʻlgan paytda Sadam Sulleyning oʻrniga maydonga tushirilgan. U maydonga chiqqanidan 13 daqiqa oʻtib, Souleymane Kone oʻyindagi yakuniy golni urganDAC VS. ZEMPLÍN MICHALOVCE 5 - 0 24.05.2019, soccerway.com.

U Zemplín safida ilk golini 2019-yil 30-noyabr kuni iClinic Sereď jamoasiga qarshi, Myjava stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuvda urgan. Oʻyin Zemplín foydasiga 2:0 hisobida yakunlangan. Armen Oganesyan oʻyin soʻngida Modibo Sidibé oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va Christos Kountouriotis tomonidan boshlangan qarshi hujum natijasida gol urishga erishgan. Keyingi turda ham – Spartak Trnava jamoasiga qarshi oʻyinda Oganesyan yana gol muallifiga aylangan. Bu safar ham u Sidibé oʻrniga, uning 50-daqiqada olgan jarohatidan soʻng maydonga tushirilgan. Uchrashuvda Peter Kolesárning uzatmasidan soʻng gol urgan va hisobni 2:0 koʻrinishida mustahkamlab qoʻygan. 2020—2021-yillarda Nitra klubida, keyinchalik Ararat-Armenia, Gandzasar Kapan, Zimbru Chișinău klublarida harakat qildi.

Episkopi 2022-yil 26-iyul kuni Gretsiyaning Episkopi futbol klubi Armen Oganesyan bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi.

Milliy jamoa safida 2016-yildan 2017-yilgacha Armaniston U-17 terma jamoasi safida oʻyinlarda ishtirok etgan. Ushbu davr mobaynida 4 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol muallifiga aylangan.

2019-yilda esa Armaniston U-19 terma jamoasi tarkibida Armanistonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida qatnashgan.

Manbalar

Havolalar Futbalnet profile Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari