Tanu Muino nomi bilan tanilgan (, ) Tetyana Robertivna Muinyo () – ukrainalik klipmeyker, dizayner, stilist, fotograf va kinorejissyor. U mashhur qoʻshiqchilarning kliplarini suratga olgani bilan tanilgan: Harry Stylesning „As It Was“/"Daylight", Lil Nas X’ning „Montero“, Cardi B’ning „Up“, Normanining „Wild Side“ videolarida ishlagan, shuningdek, Dua Lipa, Lizzo, Jungkook, Post Malone, Rosalía, Elton John, Britney Spears, Sam Smith, Doja Cat va boshqalar bilan hamkorlik qilgan.

Hayoti Uning otasi Robert Muiño, kubalik. 1980-yillarda u Odessaga keladi va Ukrainada qoladi. Onasi esa ukrainalik. Olti yoshigacha Tanu Gavanada yashaydi.

Faoliyati 2016-yilda u ukrainalik qoʻshiqchi Monatik bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2020-yil noyabr holatiga koʻra Muino, Monatikning 14 ta klipining rejissyori edi.

2019-yilda Muino amerikalik qoʻshiqchi Katy Perryning „Small Talk“ qoʻshigʻiga video suratga olgan.

2020-yilda u ispaniyalik qoʻshiqchi Rosalía bilan hamkorlik qildi. Tanu, Monatikning 2020-yil sentabr oyida chiqqan „Ritm“ klipiga rejissyorlik qilgan. 2020-yil kuzida u britaniyalik musiqachi Yungbludning „Cotton Candy“ videosini suratga oldi. Videoklip Kiyevda suratga olingan.

2021-yilda u Cardi B’ning „Up“, Lil Nas X’ning „Montero (Call Me By Your Name)“ va Normanining „Wild Side“ kliplariga rejissyorlik qilgan.

2022-yilda u Harry Stylesning „Harry’s House“ nomli uchinchi studiyaviy albomidagi, Billboardga koʻra 2022-yilda jahon miqyosidagi birinchi raqamli qoʻshiqqa aylangan „As It Was“ uchun musiqiy videoga rejissyorlik qildi.

2024-yilda u Ukraina vakillari, rep ijrochisi Alyona Alyona va qoʻshiqchi Jerry Heilning Eurovision-2024 qoʻshiqlar tanlovidagi chiqishini sahnalashtirgan. 2024-yil 11-may kuni Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtgan chiqishda „Teresa & Maria“ qoʻshigʻi kuylandi va Ukraina uchinchi oʻrinni egalladi.

Musiqiy kliplar +YilNomiIjrochi(lar)2013"Znayesh'"Rozhden2014"Nel’zya pomenyatʼ"Eva Bushmina2015"Ne prestupleniye"2016"#kakvoda"Layah"Teni""Nevysomymi""Predany""Krujit"Monatik"Ni ty, ni ya"Rozhden feat. L’One"Vyxodnoy"Monatik"Vechnostʼ"2017"Ne pryach’sya"Layah"Navsegda""Molchatʼ""Vitamin D"Monatik"UVLIUVT""Troll'"Vremya i Steklo"Ploxo tantsevatʼ"IOWA2018"Day mne"NK"To, ot chego bez uma"Monatik"Ranena"Layah"Ye, Boy"Vremya i Steklo"Gluboko"Monatik feat. Nadya Dorofeeva"Lomalo"NK"Zashicayet dushu"Monatik"Hasta La Vista"Michelle Andrade"FEN-SHUY"Glukoza2019"Maybe"Braii"Love it ritm"Monatik"Podruga"Skriptonit"Zloy"SBPCh"Small Talk"Katy Perry"Kajdyy raz"Monatik"Lox"Vremya i Steklo"Chasy"SBPCh2020"Juro Que"Rosalía"Otdayom"Rozhden"Sil’no"Monatik"VECHERiNOCHKA"Monatik feat. Vera Brezhneva"Potantsuy so mnoy"Iowa"Dostoprimechatelnostʼ"Lida Lee feat. Monatik"UVLIUVT na ulitse Pikadilli"Monatik feat. Laima Vaikule"ritmoLove"Monatik feat. Lida Lee & Nino Basilaya"Gorit"Dorofeeva"Cotton Candy"Yungblud"Sestra"Vera Brezhneva2021"Up"Cardi B"Montero"Lil Nas X"Wild Side"Normani"Rumors"Lizzo"Fleabag"Yungblud"One Right Now"Post Malone2022"2am"Foals"Chicken Teriyaki"Rosalía"As It Was"Harry Styles"Save Yourself"One Ok Rock"Hold Me Closer"Elton John and Britney Spears2023"I’m Not Here to Make Friends"Sam Smith"Attention"Doja Cat"Daylight"Harry Styles"Bongos"Cardi B feat. Megan Thee Stallion"TK421"Lenny Kravitz"Standing Next to You"Jungkook2024"Canʼt Get Enough"Jennifer Lopez feat. Latto"Ya zalishus molodim"Volodymyr Dantes"Illusion"Dua Lipa"A щo?"Monatik"Xartbіt"Dorofeeva"Mantra"Jennie"Disease"Lady Gaga

Mukofotlar Ukrainada YUNA mukofotining „Eng yaxshi videoklip“ nominatsiyasida mukofotlar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi (ketma-ket uch yil gʻolib boʻlgan: 2016-, 2017- va 2018-yillarda). M1 Music Awards-2018 marosimida „Yilning eng yaxshi klipmeykeri“ nominatsiyasi gʻolibi.

2021-yilda u Lil Nas X bilan birga „Montero (Call Me By Your Name)“ klipi uchun „Eng yaxshi rejissyor“ nominatsiyasida MTV Video Music Award mukofotini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda esa Harry Stylesning „As It Was“ klipi sabab shu nominatsiyada gʻoliblikka nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Manbalar

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar