Kaftin (, shuningdek, Keftin yoki Kaftayn) – Suriya shimolidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Idlib muhofazasi tarkibiga kiradi. Idlib shimoli-gʻarbida hamda Aʼla togʻining janubiy yonbagʻrida joylashgan. Shimolda Killi, sharqda Hizano, janubi-sharqda Kafr Yahmul, janubda Maarrat al-Ixvan, janubi-gʻarbda Harbanoush, shimoli-gʻarbda esa Qurqaniya bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Kaftin aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004 . Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Idlib Governorate. Archived at. . Qishloq Suriya shimolida joylashgan oz sonli darziy qishloqlaridan biri boʻlib, aholisi asosan darziylar jamoasi aʼzolaridirSalibi, 2005, p. 179.Choufi, Firas. Syria: ISIS Imposes ‘Shariaʼ on Idlib’s Druze . Al-Akhbar. 2013-12-23.. Kaftin aholisi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlar zaytun va zira.
Tarixi Usmoniylar davri Soʻnggi Usmoniylar davri, 1840-yillar oxirida Kaftin Abu Sharif Nasif ismli shayx (mahalliy rahbar) boshchiligidagi darziylar qishlogʻi boʻlgan. Oʻsha vaqtda Aʼla togʻida bir vaqtlar yirik jamoa boʻlgan darziylarning aksariyat qismi 19-asr boshlarida ikki musulmon qishlogʻi boʻlgan Kafr Taxarim va Armanaz oʻrtasidagi nizoga aralashib, hududni tark etgan edi. Kuchsizroq musulmon guruh hududdagi darziylar orasida boshpana topgan edi. Shu sababli, darziylar kuchliroq musulmon qishlogʻiga hujum boshladi. Biroq, oradam koʻp vaqt oʻtmay, ikki musulmon guruhi sulh eʼlon qilgach, Antioxiyadan kelgan musulmon jangchilari bilan birgalikda Aʼla togʻidagi darziylarga hujum qilishdi. Darziylar uzil-kesil magʻlubiyatga uchrab, ularning shayxi oʻldirilgach, Livan togʻi, Havron va Damashq tomon ommaviy qochish boshlandi. 19-asr oʻrtalarida kam sonli darziylar Kaftin va Aʼla togʻiga qaytib kelishdiBibliotheca Sacra, 1848, pp. 664-665..
Kaftin har yili minglab oq kaptarlar koʻpaytiriladigan koʻplab kaptarxonalari bilan ajralib turardi. 1790-yillarda ingliz sayyohi William George Browne ushbu uylarni „ajoyib“ deb taʼriflaganBrowne, 1806, p. 439.. Yosh kaptarlar ucha oladigan boʻlgach, ularni yigʻib, yaqin atrofdagi qishloqlar va Halab bozorlariga yetkazib berishar edi. U yerlarda kaptarlar qimmatbaho mahsulot sifatida sotilardi. Kaptarxonalar baland va tor binolar boʻlib, baʼzilari 15 metrdan balandroq boʻlgan. Ularning soni 72 ta edi, ammo oʻsha paytdayoq koʻpchiligi vayronaga aylanib boʻlgan ediBibliotheca Sacra, 1848, p. 666..
1875-yil noyabr oyida Kaftin aholisi Halabdagi Britaniya konsuliga murojaat qilib, Halab viloyatidagi Usmoniy maʼmuriyatiga aralashuv soʻralgan petitsiya yubordi. Ular Usmoniy maʼmuriyatini avlodlar davomida soliqlarni toʻlagan hamda zaytun daraxtlari ekkan mulklarini tortib olib, sotib yuborishda ayblagan edilarFirro, 1992, p. 166.. Suriya fuqarolar urushi Suriya fuqarolar urushi davrida Kaftinning mahalliy aholisi ichki qochqinlar uchun boshpana bergan. Idlib viloyati (Idlib va kichik hududlar bundan mustasno) asosan muxolifat nazorati ostida boʻlsa-da, Ozod Suriya armiyasi (OSA) Kaftin yoki boshqa darziylar qishloqlariga kirmagan. Chunki qishloqlar mojaroda betaraflikni saqlab qolib, qoʻshni shaharlardan koʻchirilgan koʻplab oilalarni qabul qilgan. Biroq, 2013-yil oxiriga kelib, Iroq va Shom Islom davlati (ISHID) salafiy-jihodchi tashkiloti jangarilari asosan OSA ustidan hukmronlik qila boshlagach, Kaftinni hududdagi boshqa darziy qishloqlari bilan birga egallab oldilar. Qayd etilishicha, ular aholidan ibodatxonalarni masjidga aylantirish va moʻylovlarini qisqartirish orqali islomni qabul qilishni talab qilgan.
Yana qarang Kafr Kila
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Idlib okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi darziylar jamoalari