thumb|Zaviyaning kirish qismi Said Abdulaziz zaviyasi – Marokashning Marokash shahrida joylashgan islomiy diniy majmua (zaviya)dir. U 1508-yilda Marokashda vafot etgan musulmon olimi va soʻfiy avliyo Said Abu Faris Abdulaziz Abdulhaq at-Tabbaʼning qabri atrofida barpo etilgan. Said Abdulaziz Marokashning Yetti Avliyosidan biri hisoblanadi va uning maqbarasi Marokashga ziyoratga kelgan hojilar tashrif buyuradigan muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Zaviya Rue Mouassin (Mouassin koʻchasi) va Rue Amesfah koʻchalari kesishgan hududda joylashgan.

Tarixi left|thumb|Koʻchadan koʻrinib turadigan zaviyaning sharqiy tomoni Said Abdulaziz at-Tabbaʼ soʻfiy shayx al-Jazuliyning eng yaxshi shogirdi boʻlgan. Al-Jazuliy 1465-yilda vafot etgan, uning maqbarasi ham Marokashda joylashgan (jasadi 1523-1524-yillarda Saʼdiylar tomonidan shu yerga koʻchirilgan). Marokashda tugʻilgan at-Tabbaʼ Fos shahridagi al-‘Attarine madrasasida dars berish orqali obroʻ qozongan va al-Jazuliyning maʼnaviy vorisi sifatida ham tanilgan.

Al-Jazuliy va yana besh avliyo bilan birga Said Abdulaziz ham Marokashning Yetti Avliyosidan biri sifatida eʼtirof etilgan (bu diniy institut rasmiy ravishda sulton Mavlono Ismoil tomonidan tashkil etilgan). Ayniqsa, u shaharda faoliyat yurituvchi koʻnchilarning homiysi sifatida eʼzozlangan. Yetti Avliyo orasida Said Abdulloh al-Gʻasvoniy ham boʻlgan. U Said Abdulazizning shogirdi va vorisi boʻlib, keyinchalik janubroqda joylashgan boshqa bir zaviyaga dafn etilgan. Manbalar

Turkum:Marokashdagi masjidlar