Yivli minora masjidi (), Alaaddin masjidi () yoki Katta masjid () nomi bilan ham tanilgan, Antaliyada Anadolu saljuqiy sultoni Qayqubod I tomonidan qurilgan tarixiy masjid. Gʻiyosiddin Keyhusrav madrasasi, Saljuqiylar va Mavlaviylar uyi, Zinchirkiron va Nigor xotun qabrlarini oʻz ichiga olgan külliye (inshootlar majmuasi) tarkibiga kiradi. Masjid Kaleiçi shahrining Respublika koʻchasi boʻylab Kalekapısı maydoni yonida joylashgan. Binoning toʻq koʻk koshinlar bilan bezatilgan Yivli minorasi shaharning diqqatga sazovor joyi va ramzi hisoblanadi. 2016-yilda Turkiyadagi Jahon merosi obyektlarining taxminiy roʻyxatiga kiritilgan.
Tarixi Masjid birinchi marta 1230-yilda qurilgan va 1373-yilda ikkinchi marta toʻliq rekonstruksiya qilingan. Minorasining balandligi , poydevori kvadrat shaklda toshdan yasalgan, yuqoriga koʻtarilish uchun 90 pogʻonoladi zinapoyasi bor.
Birinchi bino (1230) taxminan 1225–1227-yillarda saljuqiylar sultoni Alouddin Qayqubod (1220–1237) davrida qurilgan. Asl masjid XIV asrda vayron qilingan, yangi masjid 1373-yilda Hamidiylar tomonidan Vizantiya cherkovi poydevori ustiga qurilgan. Masjid 6 ta gumbazga ega boʻlib, Onadoʻlidagi eng qadimgi koʻp gumbazli qurilish namunalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda binoda Antaliya etnografiya muzeyi joylashgan boʻlib, unda kiyim-kechak, oshxona anjomlari, kashtadoʻzlik, gobelen va dastgohlar, paypoqlar, qoplar, bezaklar mavjud. Masjid 1974-yilda jamoatchilik uchun ochilgan.
Manbalar
Havolalar
Masjid suratlari
Turkum:Antaliyadagi masjidlar