Uganda aholisining asosiy qismi nasroniylarni tashkil qilib, Islom mamlakatda ikkinchi eng keng tarqalgan dindir. 2014-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Uganda aholining 14 foizi islomga eʼtiqod qilishi aniqlangan. Pyu tadqiqot markazi 2014-yilda ugandaliklarning 11,5 foizini musulmonlar tashkil qilishini eʼlon qilgan, shu bilan birga tanzaniyaliklarning 35,2 foizi, keniyaliklarning 9,7 foizi, janubiy sudanliklarning 6,2 foizi, burundiyaliklarning 2,8 foizi va ruandaliklarning 1,8 foizi musolmonlar qatlamiga mansub. Ugandada musulmonlarning katta qismi sunniylardir. Shia va Ahmadiya oqimiga mansub boʻlganlar ham bor.
2009-yilda eʼlon qilingan hisobotga koʻra Uganda sharqidagi Iganga mintaqasida istiqomat qiluvchi musulmonlar son jihatidan eng yuqori koʻrsatkichni tashkil qiladi.
Tarix Islom Ugandada 1844-yilda arab savdogarining markaziy Ugandadagi Buganda Qirolligi hukmdori Suuna II ga vaʼz qilganida qayd etilgan. Shuningdek Islom mamlakaat boʻylab musulmon mustamlakachi maʼmurlar vositasida ham keng tarqaldi. Britaniyaliklar tomonidan taʼqibga uchraganiga qaramay, islom mustamlakachilik davrida ham gullab-yashnadi va 1950-yillarda mustamlakachi ofitser tomonidan Ugandada eng tez oʻsayotgan din deb eʼtirof etilgan. Ugandaning deyarli barcha yirik shaharlarida masjidlar barpo etilgan. Shuningdek shahzoda Badru Kakungulu tomonidan tashkil etilgan Uganda Musulmonlar Taʼlimi Uyushmasi osiyo musulmonlari yordamida gʻarb taʼlim dasturini joriy qilib mamlakat boʻylab yuzlab boshlangʻich maktablarni barpo etdi.
2002-yilgi aholini roʻyxatga olish 2002-yilgi milliy aholini roʻyxatga olishda musulmonlar aholining 12,1 foizini tashkil etishi qayd etilgan .
Geografik taqsimot Yumbe tumani musulmonlar koʻpchilikni tashkil qiladigan yagona tuman hisoblanadi (76%). Mayuge (36%) va Iganga (34%) tumanlarida musulmonlar ozchilikni tashkil qiladi. thumb|255x255px|Uganda milliy masjidi Sahroi Kabirdagi Afrikadagi eng katta masjidlardan biridir. thumb|255x255px|Ugandadagi qishloq masjidi
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:Ugandada islom