Reşadiye masjidi () – Turkiyaning Eskishehir shahridagi masjid.

Masjid Odunpazari ilchesining Arifiye mahallasida joylashgan. Masjidning shimoli-gʻarbiy tomonidagi koʻcha ham Reşadiye deb nomlanganMap page. 1916-yilda Usmoniylar sultoni Mehmet V () tomonidan qurilgan boʻlib, Reşat nomi bilan ham tanilgan. 1979-yilda avvalgi nomi saqlangan holda qayta qurilgan. Masjid meʼmori Cevat Ulger qurilish yakuniga yetmasidanoq vafot etgan, shu sababli bino uning vafotidan keyin qurib bitkazilgan. Ikki minorali ushbu masjid Istanbulning Eminönü tumanidagi tarixiy Yangi masjid (Yeni Cami) uslubida loyihalashtirilgan.

Manbalar

Turkum:20-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Eskishahardagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar