Güzeloluk masjidi () – Turkiyaning Mersin viloyati, Güzeloluk qishlogʻidagi XIX asrga oid masjid.
Qishloq geografiyasi Güzeloluk – Mersin viloyati Erdemli tumaniga qarashli qishloq. Masjid Güzeloluk qishlogʻini gʻarb tomonga tutashtiruvchi yoʻlda joylashgan.
Tarixi Güzeloluk masjidi Erdemli qishloqlaridagi yagona tarixiy masjid hisoblanadi. Masjiddagi yozuvlariga koʻra, bino 1873-yilda qurilgan, ammo minorasi 1908-yilda qoʻshilgan. Minora 1970-yilda momaqaldiroq natijasida qisman buzilgan boʻlsa-da, 1978-yilda qayta taʼmirlangan. Devorga osilgan rasmiy lavhaga koʻra, masjid qishloq ahli tomonidan qurrilgan, ammo akademik hisobotlarga koʻra, Böcüoğlu Ibrohim tomonidan barpo etilgan. Usmoniylar imperiyasida yashovchi armanlardan Todiri ismli shaxs va uning yordamchisi Nikolos masjid meʼmorlari boʻlgan.
Bino Rasmiy lavhada aytilishicha, masjidning umumiy maydoni , kvadrat rejali ichki maydoni esa ni tashkil qiladi. Bino bir vaqtning oʻzida 400 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid qurilishida toshdan foydalanilgan.
Bino garchi Usmoniylar masjidi boʻlsa-da, musulmon boʻlmagan Todiriy ismli meʼmor tomonidan qurilganligi bois qurilishda cherkov elementlaridan foydalanilgan. Bunga misol qilib noodatiy tarzda bezatilgan minbar va binoning kirish portalini keltirish mumkin.
Manbalar
Turkum:19-asrda Turkiyada qurilgan masjidlar Turkum:Mersindagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar