Mirza Abu Turob Oxundzoda ( , , 1817, Boku, Rossiya imperiyasi – 1910, Boku, Rossiya imperiyasi) – ozarbayjonlik dinshunos, publitsist, pedagog, maʼrifatparvar.
Hayoti Mirza Abu Turob Oxundzoda 1817-yilda Bokuda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Mirzo Hosib Qudsiy madrasasida, oliy diniy maʼlumotni Madina shahrida olgan.
Ozarbayjon gazeta va jurnallari sahifalarida koʻplab maqolalar chop etgan, din tarixi va falsafasiga oid kitoblar muallifi boʻlgan. Taʼlim sohasidagi ilgʻor tashabbuslar tarafdori boʻlib, Hoji Zeynalabdin Tagiyev bilan yaqindan tanish edi. Qolaversa, qizini Boku musulmon xotin-qizlar maktabiga bergani tufayli konservativ dindorlarning gʻazabi va noroziligiga sabab boʻldi. 1910-yilda vafot etgach, Mardaqondagi Pir Hasan maqbarasida dafn etilgan. Aytilishicha, Zeynalabdin Tagiyev oʻzini Abu Turob poyiga dafn etishni vasiyat qilgani uchun uning qabriga yaqin joyda dafn etilgan.
Asarlari
Islom dinining boʻlinish sabablari
Manbalar
Turkum:Ozarbayjonlik oʻqituvchilar Turkum:1910-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari Turkum:1817-yilda tugʻilganlar Turkum:Bakulik yozuvchilar