As-Sariy ibn al-Hakam ibn Yusuf az-Zutti () (820-yil noyabrda vafot etgan; As-Sariy ibn al-Hakam al-Balxiy nomi bilan ham tanilgan) – Abbosiylar xalifaligining Misrnoibi sifatida ikki bor xizmat qilgan shaxs.
Faoliyati As-Sariy ibn al-Hakam zutt xalqidan boʻlgan. Al-Kindiyning soʻzlariga koʻra, u dastlab Abbosiylar rejimining tayanchi boʻlgan Xurosoniy qoʻshinlarning abnaʼ al-davla deb atalmish muhim boʻlmagan aʼzosi boʻlgan. 799-yilda al-Lays ibn al-Fadl hamrohligida Misrga kelib, tez orada mahalliy abna' ichida nufuzli mavqega erishdi. IX asrning dastlabki yillari Misr notinch davrni boshdan kechirdi. Bu paytda Fustatning asl arab koʻchmanchilaridan iborat eski elitasi oʻz hokimiyatini abnaʼ va ularning raqiblari boʻlmish – Abdulaziz ibn al-Vazir al-Jaraviy atrofida birlashgan Shimoliy Misrdagi yaman qabilalarga boy bera boshladi. Al-Amin va al-Maʼmun oʻrtasidagi fuqarolar urushi tufayli Abbosiylar markaziy hokimiyati qulashi natijasida, Abdulaziz va as-Sariy oʻz guruhlari bilan viloyatni nazorat qilish uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. Bu kurash 813-yilga kelib Misrni ular oʻrtasida boʻlib tashladi: yamanliklar shimolni, as-Sariy esa Fustat va janubni egallab oldi.
Uning Misr noibi sifatidagi birinchi muddati qisqa boʻlib, 816-yil apreldan sentyabrgacha davom etdi. Biroq, 817-yil mart oyida bu lavozimga qayta tayinlandi va 820-yil noyabr oyidagi vafotigacha shu vazifada qoldi. Undan keyin oʻgʻillari viloyatning rasmiy noiblari boʻlishdi. Shimoliy qism Abdulazizning oʻgʻli Ali ibn Abdulaziz al-Jaraviy qoʻl ostida qoldi (Abdulaziz ham 820-yilda vafot etgan). Abbosiylarning 822-yilda Xolid ibn Yazid al-Shayboniyni yuborib, viloyat ustidan nazoratni qayta oʻrnatishga boʻlgan birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. As-Sariyning oʻgʻli Ubaydulloh 826-yil oʻrtalarigacha noib boʻlib turdi. Shundan soʻng Abdulloh ibn Tohir Misr noibi etib tayinlandi va u Abbosiylar hokimiyatini qayta tikladi.
Arabshunos Thierry Bianquisning soʻzlariga koʻra, as-Sariyning oʻgʻillari vorislik qilishi Misrda mustaqil sulola barpo etishga boʻlgan ilk urinishdan dalolat beradi. Bu esa keyinchalik yanada muvaffaqiyatli boʻlgan Tuluniylar va Ixshidiylar sulolalari paydo boʻlishidan darak beradi. Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:820-yilda vafot etganlar Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Misrning 9-asr Abbosiy noiblari