Qays ibn al-Haysham as-Sulamiy () () – arab sarkardasi, Roshidun, Umaviylar xalifalar va Zubayriylarga xizmat koʻrsatgan. Xalifa Usmon () va Muoviya I () hukmronligi davrida Xuroson viloyati, Nishopur va Marvirud shaharlarida hokim oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan. Qays ibn al-Haysam Basrada yashovchi taniqli arab oilasi aʼzosi boʻlgan.

Hayoti Qays ibn al-Haysam Banu Sulaym qabilasining Qays–Mudar boʻlimidan edi. Ularning oilasi Basrada yashovchi mashhur oilalardan edi. Toʻliq ismi – Qays ibn al-Haysam ibn Qays ibn as-Salt ibn Habib yoki Qays ibn al-Haysam ibn Asmo ibn as-Salt . VIII asr tarixchisi Sayf ibn Umar Qaysning ukasi Amrni 634-yilda musulmonlar tomonidan Iroqni bosib olishga qaratilgan yurishlarda qatnashgan deya taʼkidlagan, biroq tarixchi Xolid Yahyo Blankinship ushbu maʼlumotni toʻgʻri deb hisoblamaydi. Balozuriyning yozishicha, Qaysning amakisi Osim ibn Qays ibn as-Salt Abu Muso al-Ashʼariy Ahvoz viloyatidagi Manazir shahri hokimi etib tayinlangan. Bu hudud 638-yilda Rabiy ibn Ziyod al-Horisiy tomonidan sosoniylardan tortib olingan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:Banu Sulaym Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:Roshidun xalifaligi noiblari