Busr ibn Abu Artat al-Amiriy () (620-yillarda tug'ilgan – da vafot etgan) – Suriya hokimi (640—661), birinchi Umaviy xalifasi (661—680) Muoviya I ga xizmat qilgan koʻzga koʻringan arab sarkardasi. Birinchi fitna davrida xalifa Aliga () qarshi Muoviya tarafida turib jang qilgan. Arabistonda Alining tarafdorlariga qarshi keng koʻlamli yurish olib borgan. Madina, Makka va Toif shaharlarini Muoviya tashkil etgan xalifalikka boʻysundirgan va Yaman aholisiga qarshi keskin jazo choralarini qo'llagan. Uning Arabistondagi harakatlari, jumladan, Alining amakivachchasi, Yaman hokimi Ubaydulloh ibn Abbosning ikki yosh oʻgʻlining qatl etilishi va musulmon Banu Hamdon qabilasiga mansub ayollarning asirga olinishi islomiy manbalarda, xususan, shialik mazhabiga mansub yozuvchilar tomonidan misli koʻrilmagan vahshiylik sifatida qattiq qoralangan.
661-yilda Ali vafot etib, uning oʻgʻli Hasan ibn Ali hokimiyatdan voz kechgach, Busr Basraga hokim etib tayinlangan. U yerda Aliga sodiq boʻlgan qoʻmondonlardan Ziyod ibn Abihiyning oʻgʻillarini garovda ushlab, uni boʻysunishga majbur qilgan. 662–672-yillarda Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha quruqlik va dengiz bosqinlariga boshchilik qilgan. 680-yilda xalifaning vafotiga qadar Muoviya saroyida qolgan. Busr Xalifa Abdulmalik () yoki al-Volid I () hukmronligi davrida vafot etgan.
Kelib chiqishi Busr ibn Abu Artat Hijoz mintaqasi (hozirgi Saudiya Arabistoni), Makka shahrining togʻli qismida istiqomat qiluvchi Quraysh qabilasining Zavohir deb nomlanuvchi kichik guruhiga mansub Banu Amir ibn Luayiy qabilasidan boʻlgan. Oʻrta asr tarixchisi Ibn Hazmning (vafoti: 1064) yozishicha, Busrning bobosining ismi Abu Artat Umayr, otasining ismi Artat boʻlgan. Abu Artatning otasining ismi esa Uvaymir ibn Imron edi. Busr hijratdan oldingi soʻnggi oʻn yillikda (Islom paygʻambari Muhammadning 622-yilda Makkadan Madinaga hijrat qilgan) yoki taxminan 625-yilda tugʻilgan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Basradagi Umaviylar hokimlari Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Quraysh Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar