Łukasz Marek Fabiański (1985-yil 18-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi, Angliya Premer-ligasining West Ham United klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. U 2006-yildan 2021-yilga qadar Polsha milliy terma jamoasida ham oʻynagan.

Fabiański oʻz faoliyatini Legia Warsaw klubida boshlagan va 2007-yilda 2,1 million funt sterling evaziga Arsenal klubiga oʻtgan. U yerda asosan zaxira darvozaboni sifatida oʻynagan. Klub bilan 2014-yilgi Angliya kubogi finalida gʻalaba qozongan. 2014-yilda shartnomasi tugagach u Swansea City jamoasi safiga borib qoʻshilgan va toʻrt yil davomida jami 150 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik, 7 million funt evaziga West Ham United jamoasiga oʻtgan.

Polsha terma jamoasida to‘liq qatnashgan va o‘z mamlakati sharafini 57 oʻyinda himoya qilgan. U 2006-yilgi FIFA Jahon Chempionati, UEFA Yevro-2008, UEFA Yevro-2016, 2018-yilgi Jahon Chempionati va UEFA Yevro-2020 turnirlarida terma jamoa safida qatnashgan.

Klublardagi faoliyati Dastlabki faoliyati Fabiański Polshaning Lubusz voevodaligida, Kostrzyn nad Odrąda tug‘ilgan. U oʻz faoliyatini Polonia Słubice futbol klubida boshlagan, 14 yoshida MSP Szamotuly mustaqil futbol akademiyasiga qo‘shilgan va u yerda futbol mahoratini rivojlantirgan. 2004-2005-yilgi mavsumda Lech Poznań klubi bilan shartnoma imzolagan.

Legia Warsaw 2005-yil qishida Fabiański Legia Warsaw futbol klubiga qo‘shilgan va Artur Boruc bilan asosiy darvozabonlik uchun raqobat qilgan. Boruc Celticga sotilgandan so‘ng, Fabiański 2005-yil 24-iyulda Arka Gdyniaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Oʻsha o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan. Keyingi mavsumda u Legiaga 2005-2006-yilgi Ekstraklasada gʻolib chiqishga yordam bergan.. U mavsum davomida 30 ta o‘yinning barchasida ishtirok etib, bor-yoʻgʻi 17 ta gol o‘tkazib yuborgan.

2005-2006 va 2006-2007-yilgi mavsumlarda u Ekstraklasada mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.

Arsenal 2007-yil 8-mayda Fabiański Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va Arsenal klubi Legia Warsaw bilan taxminan 2,1 million funt sterling qiymatidagi transfer shartnomasini imzolashgan. 2007-yil 11-mayda Arsenal bosh murabbiyi Arsène Wenger transferni tasdiqlagan . Fabiański 2007-yil 26-may kuni Arsenal bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2007-yil 25-sentabrda Angliya liga kubogi doirasida Newcastle United klubiga qarshi o‘yinda oʻtkazgan. Uning ligadagi debyuti esa keyinroq, mavsum oxirida Derby Countyga qarshi oʻyinda bo‘lib o‘tgan.

Fabiańskining Arsenaldagi dastlabki faoliyatida eng esda qolarli o‘yinlari 2007-2008-yilgi Liga Kubogi yarim finalida Tottenham Hotspurga qarshi 5:1 hisobida mag‘lubiyatli oʻyin va 2009-2010-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi nimchorak finalining birinchi o‘yinida Portoga qarshi o‘tkazgan o‘yinlari edi. Porto bilan oʻyinda u oʻz darvozasiga avtogol urgan. Sol Kempbellning uzatmasidan soʻng toʻpni ushlab olishga uringani uchun tanqid qilingan. 2010-yil yanvar oyida Arsène Wenger Fabiański Premer-ligadagi eng yaxshi darvozabonlardan biriga aylanishi mumkinligini aytganArsenal boss Wenger: Fabianski can be among the best | Premiership News . tribalfootball.com (24 January 2010)..

2010-2011-yilgi mavsumda Fabiański Arsenalning zaxira darvozaboni sifatida o‘ynashni boshlagan, biroq keyinchalik Manuel Almunia jarohat olganidan so‘ng asosiy tarkibga kiritilgan va bir qancha ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib jamoaning birinchi darvozaboni bo‘lishi mumkinligini isbotlagan. Afsuski, 2011-yilning yanvar oyida u yelkasidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismida o‘ynay olmagan.

2011-2012-yilgi mavsum

Fabiański 2011-2012-yilgi mavsumda Wojciech Szczęsnydan soʻng zaxirasi darvozaboni sifatida hisoblangan. U UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Olympiacosga qarshi oʻyinda jarohat olgan va 25 daqiqadan oʻynaganidan so‘ng almashtirilgan.

2012–2013-yilgi mavsum Jarohatlar sababli Fabiański 2012–2013 mavsumda kamdan-kam maydonga tushgan. U faqatgina 4 ta Premer-liga o‘yinida zaxira darvozaboni sifatida qatnashgan. 2013-yil mart oyida Szczęsny asosiy tarkibdan chetlatilgach, Fabiański Bavariyaga qarshi UEFA Chempionlar ligasi o‘yinining ikkinchi uchrashuvida darvozani qo‘riqlagan. U darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va natijada Arsenal 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Shuningdek, u 2013-yil 16-mart kuni Swansea Cityga qarshi o‘yinda Premer-liga doirasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ushbu oʻyinda ham jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Fabiański keyingi uchta o‘yinda Reading, West Bromwich Albion va Norwich Cityga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Biroq, Norwichga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli Szczęsny yana asosiy tarkibga qaytgan.

2013–2014-yilgi mavsum 2013–2014-yilgi mavsumda Fabiański Arsenalning Angliya Kubogi va Liga Kubogi o‘yinlarida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan. Premer-liga va UEFA Chempionlar ligasida esa Szczęsny asosiy darvozabon sifatida oʻynagan.

2014-yil 19-fevralda Fabiański Chempionlar ligasi doirasida Bavariyaga qarshi o‘yinda Szczęsny qizil kartochka olgach, 37-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Szczęsny diskvalifikatsiya qilinganidan so‘ng, Fabiański ikkinchi o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan va Bavariya futbolchisi Tomas Myuller tepgan penaltini qaytargan.

2014-yil 12-aprelda Fabiański Angliya Kubogi yarim finalida Wigan Athleticga qarshi penaltilar seriyasida Gary Caldwell va Jack Collisonning zarbalarini qaytargan va jamoasini finalga olib chiqgan. 11-may kuni mavsumdagi yagona Premer-liga o‘yinida Norwich Cityga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. O‘yin 2:0 hisobida yakunlangan va Norwich quyi ligaga tushib ketgan. Oltin kun o‘tgach, Fabiański Arsenalning 2014-yilgi Angliya Kubogi finalida Hall City ustidan 3:2 hisobida qoʻshimcha vaqtda gʻalaba qozonishida muhim rol oʻynagan.

"Swansea City" 2014-yil 29-may kuni Fabiańskining Arsenal bilan shartnomasi tugagandan so‘ng, u 1-iyul kuni boshqa Premer-liga jamoasi Swansea Cityga erkin agent sifatida qo‘shilishi e’lon qilingan. Fabiański transferi haqida shunday degan: Swanseaga kelishimning asosiy sababi – asosiy darvozabon bo‘lishni istashimdir". U klubdagi rasmiy debyutini 2014-yilning 16-avgust kuni Premer-liganing birinchi turida Manchester Unitedga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. O‘yin esa 2:1 hisobida Swansea foydasiga yakunlangan. 2014-yil 7-dekabrda Fabiański West Ham Unitedga qarshi o‘yinda Diafra Sakho ustidan qoidani buzgani uchun maydondan chetlatilgan, o‘yin esa Swanseaning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.

2015-yil 11-mayda Fabiański Arsenalga qarshi o‘yinda o‘z darvozasini dahlsiz saqlab qolgan va o‘yin 1:0 hisobida yakunlangan. 6-iyul kuni Fabiański Swansea bilan yangi to‘rt yillik shartnoma imzolagan.

West Ham United 2018-yil 20-iyun kuni West Ham Fabiańskini 7 million funt evaziga sotib olganini e'lon qilgan. U klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Fabiański West Ham safida o‘ynagan birinchi polyak futbolchisi bo‘lgan va 2018–2019-yilgi mavsum boshida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushgan. 2018-yilning 4-dekabr kuni Fabiański Cardiff Cityga qarshi o‘yinda Jo Rallsning penaltisini qaytargan va o‘yin 3:1 hisobida yakunlangan. Mavsum davomida u barcha o‘yinlarda maydonga tushgan va yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo‘lga kiritgan.

2019-yil sentabr oyida Fabiański sonidan jarohat olgan. Uning jarohati davrida Robert va Devid Martin Fabiański o‘rniga darvozabonlik qilishgan.

2021-yil mart oyida Fabiański West Ham bilan shartnomasini 2022-yilning iyunigacha uzaytirgan.

2022-yil 12-yanvarda Fabiański Premer-ligadagi 300-uchrashuvini Norwich Cityga qarshi o‘tkazgan. Bu bilan u Premer-ligada 300 ta o‘yinda qatnashgan birinchi polshalik futbolchiga aylangan .

2022-yilning fevral oyida, 24-turda Nottingham Forestga qarshi o‘yinda Fabiański yuzidan jarohat olgan va uni o‘rniga Alphonse Areola uchrashuvni davom ettirgan.

2022-yil iyul oyida u klub bilan shartnomasini yana bir yilga, 2023-yilgacha uzaytirgan.

Xalqaro faoliyati

Fabiański Polsha terma jamoasida muntazam ravishda o‘zini ko‘rsatgan va 2006-yil 29-mart kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini amalga oshirgan.

Fabiański 2006-yilgi Jahon chempionati uchun Polsha tarkibiga kiritilgan va u Artur Boruts va Toma Kuszczaklardan soʻng 3-zaxira darvozaboni boʻlgan. UEFA Evro-2008 saralash bosqichida u Serbiyaga qarshi o‘yinda barcha 90 daqiqa davomida maydonda bo‘lgan va o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

Fabiański UEFA Evro-2016 musobaqasiga zaxira darvozaboni sifatida terma jamoa safida qatnashgan, biroq Shimoliy Irlandiyaga qarshi dastlabki o‘yinda Wojciech Szczęsny jarohat olgach, qolgan o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan. U Germaniya va Ukraina bilan guruh bosqichidagi o‘yinlarda ham darvozani dahlsiz saqlab qolgan. Polsha chorak finalda Shveysariyani mag‘lub etgan. Keyingi bosqichda esa Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.

Fabiański 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida Polsha safida yetti o‘yinda qatnashgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati final bosqichida ham Polsha tarkibiga kiritilgan, biroq dastlabki ikki o‘yinda zaxirada qoldirilgan. U oxirgi guruh o‘yini bo‘lgan Yaponiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, darvozani dahlsiz saqlagan va Polsha 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

2021-yilning avgust oyida u xalqaro faoliyatidan iste'fo berganini e'lon qilgan. Shu yilning oktabr oyida San-Marino bilan o‘tgan o‘yin Fabiańskining xayrlashuv uchrashuvi bo‘lgan va u 57-daqiqada almashtirilgan. U milliy terma jamoadagi faoliyatini 57 ta o‘yin bilan yakunlagan.

Manbalar

Havolalar

Łukasz Fabiański at West Ham United F.C. (archive)

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Ekstraklasa ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari