Ijtimoiy harakat – bu bir guruh insonlar tomonidan maʼlum bir maqsadga erishish uchun tashkillashtiriladigan harakat. Harakat ishtirokchilari odatda maʼlum bir ijtimoiy yoki siyosiy maqsadga erishish uchun harakat qilishadi. Bu harakat ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga, uni oʻzgartirishga yoki umuman bekor qilishga qaratilgan boʻlishi mumkin. Ijtimoiy harakatlar aholining quyiroq qatlamlariga, aholining kuchliroq yuqori qatlamiga qarshilik koʻrsatish imkonini beradigan tashkiliy tuzilmalar va strategiyalar sifatida taʼriflangan.

Bu harakatlar aholining pastki qatlamidan boshlanuvchi ijtimoiy oʻzgarishlarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Siyosatshunoslik va sotsiologiya sohasida ijtimoiy harakatlar haqida turli nazariyalar ishlab chiqilgan va empirik tadqiqotlar oʻtkazilgan. Masalan, siyosatshunoslik sohasidagi ayrim tadqiqotlar ijtimoiy harakatlar bilan yangi siyosiy partiyalarning shakllanishi oʻrtasidagi aloqani yoritib bergan, shuningdek, ijtimoiy harakatlarning siyosatga taʼsir oʻtkazishi haqida ham eslab oʻtilgan. Sotsiologlar ijtimoiy harakatni bir nechta turlarga ajratgan. Bunda koʻlami, ishlash usuli, qamrov doirasi va vaqt oraligʻi kabi jihatlar inobatga olingan.

Baʼzi olimlarning fikricha, zamonaviy Gʻarb ijtimoiy harakatlari XIX asrda taʼlim-tarbiyaning keng tarqalishi (adabiyotning ommaviyroq yoyilishi), sanoatlashuv va urbanizatsiya jarayonlari natijasida ishchi kuchining harakatchanligi oshgani tufayli yuzaga kelganWeinberg, 2013. Baʼzi fikrlarga koʻra, zamonaviy Gʻarb madaniyatida keng tarqalgan soʻz erkinligi, taʼlim va iqtisodiy mustaqillik hozirgi davrdagi ijtimoiy harakatlarning misli koʻrilmagan miqdorda koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek bu harakatlar oʻtgan davrlarda kuzatilmagan darajada koʻp va keng qamrovli. Soʻnggi yuz yil mobaynida paydo boʻlgan koʻplab ijtimoiy harakatlar, Keniyadagi Mau Mau harakati kabi, Gʻarb mustamlakachiligiga qarshi kurashish uchun vujudga kelgan. Ijtimoiy harakatlar doimiy ravishda demokratik siyosiy tizimlar bilan uzviy bogʻliq boʻlib kelgan. Baʼzan ijtimoiy harakatlar mamlakatlarni demokratlashtirish jarayonida katta rol oʻynagan. Oʻtgan 200 yil mobaynida ijtimoiy harakatlar ommaviy norozilik ifodasi sifatida keng tarqalganTilly, 2004. Zamonaviy ijtimoiy harakatlarda insonlar ommaviy ravishda harakat qilishlari uchun zamonaviy texnologiyalar va internetdan foydalanishmoqda. AQSh va Kanadada ommaviy harakatlar uchun tashviqotda ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanilayotganini oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar boshlangan. Tavsiflar Mario Dianining taʼkidlashicha, deyarli barcha taʼriflar quyidagi mezonlarni oʻz ichiga oladi: „umumiy jamoaviy oʻzlikni his qilgan holda siyosiy yoki madaniy kelishmovchilikda ishtirok etayotgan koʻplab shaxslar, guruhlar va/yoki tashkilotlar oʻrtasidagi norasmiy munosabatlar tarmogʻi“. Jamiyatshunos Charles Tilly ijtimoiy harakatlarni oddiy odamlar jamiyatning elita qatlamiga jamoaviy talablar qoʻya oladigan bir qator bahsli chiqishlar va namoyishlardan iborat jarayon sifatida taʼriflaydi. Tillyning fikricha, ijtimoiy harakatlar oddiy odamlarning ommaviy siyosatda ishtirok etishining asosiy vositasi hisoblanadiTilly, 2004, p.3. U ijtimoiy harakatning uchta asosiy elementi mavjudligini taʼkidlaydi: Harakatlar – hokimiyat organlariga jamoatchilik talablarni yetkazishga qaratilgan uzoq muddatli, tashkillashtirilgan jamoatchilik harakati; Uyushmalar tashkil etish, ommaviy yigʻinlar, yurishlar, mitinglar, namoyishlar oʻtkazish, imzo toʻplash harakatlari, ommaviy axborot vositalariga bayonotlar berish, OAV orqali chiqishlar qilish, risola va varaqalar tarqatish. WUNC namoyishlari – ishtirokchilar va/yoki ularning vakillari oʻzlarining birligi, soni va masʼuliyatlarini jamoatchilikka uyushgan holda namoyish etishi (WUNC inglizcha: worthiness, unity, numbers va commitments soʻzlarining bosh harflaridan olingan).

Sidney Tarrow ijtimoiy harakatni shunday taʼriflaydi: „Umumiy maqsadlar va birdamlikka ega boʻlgan odamlarning elitalar, hokimiyat organlari, boshqa guruhlar yoki madaniy qoidalarga qarshi uzoq muddatli va muntazam ravishda olib boradigan jamoaviy kurashi“. Tarrow ijtimoiy harakatlarni siyosiy partiyalar va targʻibot guruhlaridan alohida ajratib koʻrsatganTarrow, 1994.

Sotsiologlar John McCarthy va Mayer Zald ijtimoiy harakatni shunday taʼriflaydilar: „Aholining muayyan qismida jamiyatning ijtimoiy tuzilishi yoki iqtisodiy neʼmatlar taqsimotining ayrim jihatlarini oʻzgartirishni aks ettiruvchi fikrlar tizimi“.

Ingliz sotsiologi Anthony Giddens ijtimoiy harakat tushunchasiga quyidagicha taʼrif beradi:

Shuningdek, Mansur Bekmurodov va Nargiza Yusupova ijtimoiy harakatga quyidagicha taʼrif bergan:

Tarixi Ilk davrlari

XVIII asr oʻrtalarida Angliyada sodir boʻlgan keng koʻlamli iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar, xususan siyosiy vakillik, bozorning kapitallashuvi hamda ishchi sinfining shakllanishi jarayonlari ijtimoiy harakatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan. Birinchi ommaviy ijtimoiy harakat John Wilkes atrofida vujudga kelgan.The North Briton muharriri sifatida Wilkes Lord Butening yangi maʼmuriyatini va Yetti yillik urush oxirida, 1763-yilgi Parij shartnomasida yangi hukumat tomonidan qabul qilingan tinchlik shartlarini keskin tanqid qilgan. Fitna va tuhmatda ayblanib, Wilkes order asosida qamoqqa olingan. Wilkes bu harakatni noqonuniy hisoblagan. Oxir-oqibat, sudya Wilkes foydasiga qaror chiqargan. Buning oqibatida Wilkes aholining oʻrta sinfi orasida tobora kuchayib borayotgan xalq hokimiyati harakatining timsoliga aylangan. Odamlar koʻchalarda „Wilkes va Ozodlik“ degan shiorni ayta boshlashgan. Keyinchalik tuhmat boʻyicha qoʻshimcha ayblovlar tufayli yana surgun qilinganidan soʻng, Wilkes asosiy tarafdorlari joylashgan Middlesex okrugidan parlament aʼzoligiga oʻz nomzodini qoʻygan. 1768-yil 10-mayda Wilkes King‘s Bench qamoqxonasiga qamalgandan so‘ng, „Ozodlik bo‘lmasa, qirol ham bo‘lmaydi“ shiori ostida ko‘chalarda keng ko‘lamli namoyishlar boshlangan. Parlament a'zoligi huquqidan mahrum qilingan Wilkes 1769-yilda London aldermani lavozimiga tayinlangan. Shu bilan bir vaqtda, „Huquqlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi tarafdorlari jamiyati“ deb nomlangan faollar guruhi uning siyosiy qarashlarini faol targ‘ib qila boshlagan. Bu ilk bor uzluksiz davom etgan ijtimoiy harakat hisoblanadi. Harakat o‘z ichiga ommaviy yig‘ilishlarni, namoyishlarni, misli ko‘rilmagan miqyosda risolalarni tarqatilishini qamrab olgan. Biroq, harakat ishtirokchilari ochiq isyonga o‘tganlikda ayblanmaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan harakatlangan. Ishtirokchilar mavjud huquqiy qonunlardan foydalanib, boshqaruvdagi kamchiliklarni bartaraf etishga intilgan. London ko‘chalarida sodir bo‘lgan bu ijtimoiy harakat hokimiyatni ijtimoiy harakat ishtirokchilarining talablariga bo‘ysunishga majbur qilgan. Buning natijasida, Wilkes parlamentga qaytarilgan, umumiy qidiruv orderlari konstitutsiyaga zid deb e’lon qilingan, matbuot parlament munozaralarini yorita oladigan darajada erkinlashtirilgan. 1778-yilgi Angliyada qo‘llaniladigan bir qator jazo va cheklovlarning katoliklarga nisbatan bekor qilingani tufayli, katoliklarga qarshi keng ko'lamli norozilik harakati boshlangan. Bu harakat 1779-yilda Protestant uyushmasining rahbari lord George Gordon atrofida shakllangan. Uyushma Rowland Hill, Erasmus Middleton va John Rippon kabi yetakchi diniy arboblarning qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻlgan. Gordon mohir targʻibotchi boʻlgan.

U olomonni papachi-katoliklarga nisbatan nafratidan va mutlaq monarxiya rejimiga qaytish qoʻrquvidan foydalangan holda qoʻzgʻatishga erishgan. 1780-yilda Protestantlar uyushmasi yigʻilishidan soʻng, aʼzolar 1778-yilgi katoliklarga yordam toʻgʻrisidagi qonunni bekor qilishni talab etuvchi petitsiyani topshirish uchun House of Commonsga yurish qilishganr, biroq hukumat bu talabni bajarishdan bosh tortgan. Tezda Londonning turli joylarida katta tartibsizliklar avj ola boshlagan. Gʻazablangan olomon elchixonalarga hamda katoliklarga tegishli korxonalarga hujum qilgan. XVIII asr oxirlarida yuzaga kelgan boshqa siyosiy harakatlar orasida qullikka qarshi kurashgan British abolitionist harakati ham bor.

Harakatning yoyilishi

1815-yildan boshlab, Napoleon urushlaridagi gʻalabadan soʻng, Buyuk Britaniya ijtimoiy oʻzgarishlar davriga kirgan. Bu davr ijtimoiy harakatlar rivojlanishining tobora kuchayishi davri boʻlgan. Chartizm dunyoda oʻsib borayotgan ishchi sinfining birinchi ommaviy harakati boʻldi. Chartizm harakati 1838-yildan 1848-yilgacha siyosiy islohotlar uchun kurash olib borgan. Ushbu harakatning asosiy dasturi 1838-yilda ishlab chiqilgan „Xalq Xartiyasi“ boʻlib, unda quyidagi talablar ilgari surilgan edi: barcha odamlarga umumiy saylov huquqini berish (universal suffrage) va yashirin ovoz berish tizimini joriy qilish, shuningdek boshqa demokratik islohotlarni amalga oshirish. Bu talablardan maqsad – saylov tizimini adolatli va hamma uchun teng qilish boʻlgan. Ijtimoiy harakatlar atamasi birinchi marta 1848-yilda nemis sotsiologi Lorenz von Stein tomonidan oʻzining „Uchinchi Fransuz inqilobidan keyingi sotsialist va kommunist harakatlar“ nomli kitobida kiritilgan. U bu atamani ilmiy muhokamalarga olib kirib, ijtimoiy huquqlar uchun kurashayotgan siyosiy harakatlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Bu huquqlar farovonlik va ijtimoiy tenglikni taʼminlashga qaratilgan ediTilly, 2004, p.5. XIX asr oxiridagi mehnat harakati va sotsialistik harakat ijtimoiy harakatlarning ilk namunalari sifatida koʻrilgan. Bu harakat kommunistik va sotsial-demokratik partiyalar hamda tashkilotlarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Ushbu tendentsiyalar kambagʻal mamlakatlarda ham koʻzga tashlangan, islohotlar uchun bosim davom etgan. Masalan, Rossiyada 1905-yil va 1917-yildagi inqiloblar bunga yaqqol misol boʻlib, natijada Birinchi Jahon Urushi oxirlariga yaqin Rossiya imperiyasining monarxiya tizimi qulagan. 1945-yilda Britaniya Ikkinchi Jahon urushida gʻalaba qozonganidan keyin tub islohotlar va oʻzgarishlar davriga kirgan. Urushdan keyingi davrda feminizm, gomoseksuallar huquqlari harakati, tinchlik harakati, fuqarolik huquqlari harakati, yadroga qarshi harakat va atrof-muhitni himoya qilish harakatlari paydo boʻlgan. Bu harakatlar koʻpincha „yangi ijtimoiy harakatlar“ deb atalgan. Ular orasida yashil partiyalar va yangi chap gʻoyalar taʼsirida tashkil etilgan tashkilotlar ham shakllangan.

Baʼzilar fikricha, 1990-yillarning oxirida yangi global ijtimoiy harakat, yaʼni globalizatsiyaga qarshi harakat yuzaga kelgan. Baʼzi ijtimoiy harakatlarni oʻrganuvchi olimlar globalizatsiyaning tez rivojlanishi sababli yangi turdagi ijtimoiy harakatlarning paydo boʻlishi ehtimolini koʻrsatgan – ular bu holatni oʻtmishdagi milliy harakatlar bilan solishtirib, uni „global fuqarolar harakati“ deb atagan. 1945-yilda Britaniya Ikkinchi Jahon urushida gʻalaba qozonganidan keyin tub islohotlar va oʻzgarishlar davriga kirgan. Urushdan keyingi davrda feminizm, gomoseksuallar huquqlari harakati, tinchlik harakati, fuqarolik huquqlari harakati, yadroga qarshi harakat va atrof-muhitni himoya qilish harakatlari paydo boʻlgan. Bu harakatlar koʻpincha „yangi ijtimoiy harakatlar“ deb atalgan. Ular orasida yashil partiyalar va yangi chap gʻoyalar taʼsirida tashkil etilgan tashkilotlar ham shakllangan.

Baʼzilar fikricha, 1990-yillarning oxirida yangi global ijtimoiy harakat, yaʼni globalizatsiyaga qarshi harakat yuzaga kelgan. Baʼzi ijtimoiy harakatlarni oʻrganuvchi olimlar globalizatsiyaning tez rivojlanishi sababli yangi turdagi ijtimoiy harakatlarning paydo boʻlishi ehtimolini koʻrsatgan – ular bu holatni oʻtmishdagi milliy harakatlar bilan solishtirib, uni „global fuqarolar harakati“ deb atagan.

Asosiy jarayonlari