Barbara Matić (; 3-dekabr 1994-yil, Split) – xorvatiyalik dzyudochi, 2024-yilgi yozgi Olimpiada chempioni, 2021 va 2022-yillardagi ikki karra jahon chempioni, 2024-yilgi Yevropa chempioni. Minskdagi Yevropa chempionati va II Yevropa oʻyinlari sovrindori. 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.
Hayoti Barbara Matić 1994-yilda tugʻilgan va 70 kilogramm vazn toifasida dzyudo bahslarida qatnashib keladi.
2014-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha qitʼa chempionatida xorvatiyalik sportchi 70 kilogramm vazn toifasida Yevropa chempionatlaridagi ilk medalini – bronzani qoʻlga kiritgan.
2016-yilda Barbara Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. 70 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Barbara birinchi bahsda puerto-rikolik sportchi María Pérezga yutqazgan.
Polshada boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Yevropa chempionatida Barbara uchinchi oʻrin uchun kurashda shved sportchisi Anna Bernholmni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2019-yilda Barbara Minskda boʻlib oʻtgan II Yevropa oʻyinlarida ishtirok etgan. Barbara 70 kilogramm vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda polshalik sportchi Daria Pogorzelecni magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi.
2021-yil iyun oyida Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Barbara 70 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan va oʻz faoliyatida birinchi marta finalda yaponiyalik sportchi Yoko Ononi magʻlub etib, jahon chempioni boʻlgan.
2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida xorvatiyalik dzyudochi 70 kilogramm vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda venesuelalik sportchi Elvismar Rodríguezni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Barbara finalda nemis sportchisi Miriam Butkereitni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Dzyudo boʻyicha Olimpiada chempionlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:3-dekabrda tugʻilganlar