Abu Tohir Sulaymon al-Jannabiy (; Abu-Tohir Sulaymon-i Genaviy) – fors sarkardasi va Bahrayndagi Qarmatiylar davlatining hukmdori. U 923-yilda katta akasi Abulqosim Saidni taxtdan agʻdarib tashlagach, oʻzi davlat rahbari boʻlgan. U darhol ekspansionizm faoliyatini boshlagan va oʻsha yili Basraga bostirib kirgan. 927-yilda Kufaga bostirib kirib, Abbosiylar qoʻshinini magʻlub etgan va 928-yilda Abbosiylar poytaxti Bagʻdodga hujumga uyushtirgan. Lekin shaharga kira olmay, Iroqning koʻp qismini talon-taroj qilgan.
930-yilda u Makkaga hujum qilib, u yerni ham talon-taroj qilgan. Islomning eng muqaddas qadamjolarini buzib, qarmatiylarning eng mashhur hujumiga boshchilikni amalga oshirgan. Avvaliga shaharga kira olmagan Abu Tohir tinchlik bilan kelganiga qasam ichib, shahardagilarni ishontirgan. Shahar darvozasidan kirgandan soʻng, Qarmatiya qoʻshini ziyoratchilarni qirgʻin qilishga kirishgan va ularni Qur’on oyatlari bilan mazahlashgan. Ziyoratchilarning jasadlari koʻchalarda chirigan holda qolib ketgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:900-yillarda tug‘ilganlar Turkum:944-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Bahrayn hukmdorlari Turkum:Qarmatiylar Turkum:Al-Jannabiy oilasi