Marc Preston Webb – 1974-yil 31-avgustda dunyoga kelgan amerikalik kinorejissyor. Webb oʻzining ilk toʻliq metrajli filmi sifatida 2009-yilda romantik komediya janridagi 500 Days of Summer filmini suratga olgan. Keyinchalik Yangi oʻrgimchak odam (2012) hamda Yangi oʻrgimchak odam 2 (2014) filmlariga ham rejissyorlik qilgan. Ushbu filmlar 2021-yilda Marvel Studios tomonidan Webb verse deb atalgan. Webb, shuningdek, 2017-yilda Gifted hamda The Only Living Boy in New York dramatik filmlarini suratga olgan. Undan tashqari 2025-yilda premyera qilinishi kutilayotgan Disneyning Snow White filmining yangi talqiniga ham rejissyorlik qilgan.

Manbalar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:31-avgustda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik rejissyorlar