Arben Kardash (Kardashov Arben Mexedinovich) (lezgin tilida: Qardashrin Arben Mehedinning oʻgʻli; 1961-yil 11-fevralda DASSR Axtinsk (hozirgi Dokuzparin) tumanining Mikrax qishlogʻida tugʻilgan) – mashhur lezgin va rus shoiri, nasrnavisi, dramaturgi va tarjimoni boʻlib, ona tili va rus tilida ijod qiladi. U Dogʻiston Respublikasining xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2004), Dogʻiston xalq shoiri (2016) unvonlariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, SSSR Yozuvchilar uyushmasi (1991-yildan), Rossiya Yozuvchilar uyushmasi va Rossiya Jurnalistlar uyushmasi (1992-yildan) aʼzosi hisoblanadi.
Biografiyasi Shoirning birinchi sheʼriy toʻplami 1976-yilda Oqtoʻy tumani „Noviy mir“ gazetasida chop etilgan. 1984-yilda Moskvadagi A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tamomlagan. Arben Kardashning sheʼrlari Litinstitutda oʻqish davrida „Golosa molodix“ (Dogʻiston kitob nashriyoti, 1983) va „V mire vesna“ (Daguchpedgiz, 1984) jamoaviy toʻplamlariga kiritilgan. „Pervie sveti“ nomli birinchi kitobi 1985-yilda Dogʻiston kitob nashriyotida nashr etilgan.
Ijodi Arben Kardash rus shoirlari va tarjimonlari bilan yaqin ijodiy va doʻstona aolqalarni saqlab kelmoqda. Lezgin yozuvchisining asarlari "Don, " „Kavkaz kemasi“ jurnallari (Rostov-na-Don), „Strannik“ (Saransk), „Adabiy Rossiya“ markaziy yozuvchilar haftaligida nashr etilgan.
Arben Kardash ijodi haqida oʻz davrida rus adabiyoti korifeylari Lev Oshanin, Semyon Lipkin, Rasul Gamzatov va boshqalar iliq fikr bildirishgan.
2016-yilda shoirga Dogʻiston xalq shoiri unvoni berilgan (Dogʻiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-iyuldagi 213-sonli Farmoni).
Arben Mexedinovich 2021-yil 17-mayda ommaviy axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish, nashriyot va matbaa faoliyati, madaniy merosni saqlash sohasidagi xizmatlari hamda koʻp yillik samarali mehnati uchun Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi (Vazirlikning 2021-yil 17-maydagi 48-p-sonli buyrugʻiga asosan). Manbalar
Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:11-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari