Retsidivism (/rɪˈsɪdɪvɪzəm/; recidive va -ism dan tashkil topgan boʻlib, recidivus lotin tilidan „takororlanuvchi“ degan maʼnoni anglatadi, re- „qayta“ and cado „yiqilaman“) — bu shaxsning salbiy oqibatlarni boshdan kechirganidan keyin oʻzi istamagan holda oʻsha xatti-harakatlarni takrorlashi. Ushbu tushuncha jinoyatni qayta sodir etgan, shuningdek, xuddi shunday jinoyati uchun qayta hibsga olingan sobiq mahkumlarning foizini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.

Bu atama koʻpincha jinoiy xatti-harakatlar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish bilan birgalikda ishlatiladi. Retsidivism – bu „relapse“ soʻzining sinonimi boʻlib, u tibbiyotda va giyohvandlikning kasallik modelida koʻproq qoʻllaniladi.

Afro-amerikaliklar va retsidivism Qoʻshma Shtatlardagi qamoqqa olish darajasi afro-amerikaliklar Qoʻshma Shtatlar aholisining atigi 13 foizini tashkil qiladi. Oq tanlilarga qaraganda, afro-amerikaliklar zoʻravonlik jinoyatlari uchun 6,4 baravar, mulkiy jinoyatlar uchun 4,4 baravar va giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun 9,4 baravar koʻp qamalgan.

Qamoqxonaga qaytgan aholining koʻp qismini afro-amerikaliklar tashkil qiladi, ammo aholi orasida retsidivismni oʻrganishga bir nechta tadqiqotlar qaratilgan. Retsidivismning eng yuqori darajasi 18 yoshgacha boʻlgan erkaklar va afro-amerikaliklar orasida kuzatilgan. Shuningdek, retsidivism boʻyicha afro-amerikaliklar oq tanlilarga qaraganda ancha yuqori koʻrsatkichga ega.

Ish bilan taʼminlash va retsidivism Retsidivism boʻyicha koʻpgina tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, qamoqxonadan ozod etilgandan keyin ishga joylashadigan sobiq mahbuslarda jinoyatni qayta sodir etish darajasi pastroq boʻladi. Yana bir tadqiqotga koʻra hatto 26 yoshdan oshgan sobiq mahbuslar kamroq jinoyat sodir etishlari mumkin. Boshqa bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, sobiq mahbuslar muddatidan oldin ozod qilingan birinchi yili davomida barqaror ish joyini topib uni saqlab qolishsa, qayta jinoyat qilish ehtimoli ancha kamayadi.

Taʼlim va retsidivism Tadqiqotlar taʼlim retsidivism holatlarini kamaytirishini koʻrsatgan. Mahbuslar qamoqxonada boʻlganlarida ularga taʼlim dasturlari qoʻllanilsa, ulardagi retsidivism holati taʼlim dasturi qoʻllanilmagan mahbuslarga qaraganda 43%ga kamayadiDepartment of Justice, „Justice and Education Departments Announce New Research Showing Prison Education Reduces Recidivism, Saves Money, Improves Employment“ , „Department of Justice Office of Public Affairs“, 22 August 2013. Mazkur holatda mahkumlar taʼlim dasturlarida qatnashish bilan birga, kognitiv qobiliyatni, mehnat koʻnikmalarini yaxshilashlari mumkin. Bundan tashqari ular ozodlikka chiqqandan keyin ham oʻz taʼlimlarini davom ettirishlari mumkin. Maryland, Minnesota va Ogayo shtatlari taʼlim va retsidivismga oid tadqiqotda ishtirok etishgan. Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ozodlikdan mahrum etilgan jinoyatchilarning ishtirokchi guruhi qamoqxonadalik davrida taʼlim darslarida qatnashganlarida ularda qayta jinoyat sodir etish darajasi past boʻlgan. Va shu bilan birga ish bilan taʼminlanganlik darajasi yuqori boʻlganSteurer, Stephen J. and Linda G. Smith, „Education Reduces Crime, Three-State Recidivism Study“, „MTC Institute and The Correctional Education Institute“, February 2003. Bundan tashqari, mahkumlarning taʼlim darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, ularning qayta jinoyat sodir etish ehtimoli shunchalik past boʻlib boravergan. Agar mahkum kasbiy guvohnomaga ega boʻlsa ularning takror jinoyat sodir etish darajasi 14,6 foizga kamaygan, agarda ular GEDga erishgan boʻlsa ularning takroriy jinoyati darajasi 25 foizga kamaygan. Yana Sanʼat assotsiatsiyasi yoki fan boʻyicha assotsiatsiyaga erishgan boʻlsa, ularning takror jinoyat sodir etish darajasi 70%ga kamayganNevada Department of Corrections, „Education Services Newsletter“ , „NDOC“, Winter 2009.

Tadqiqotlar Retsidivismni oldini olish boʻyicha yuzlab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Ushbu tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, faqat nazorat va jazo choralariga tayanish haqiqatdan ham kimningdir jinoyat sodir etish ehtimolini oshirishi mumkin, lekin aslo kamaytira olmaydi.

Manbalar

Turkum:Penologiya Turkum:Kriminologiya