Amil Azim oʻgʻli Yunanov (azerb. Yunanov Amil Əzim ogʻlu; 1993-yil 6-yanvar, Tovuz, Ozarbayjon) – ozarbayjonlik futbolchi, „Shamahi“ klubi hujumchisi. Ozarbayjon terma jamoasida oʻynagan.
Biografiyasi Tovuz futbol maktabida tarbiyalangan Amil Yunanov 9 yoshida oʻz shahridagi murabbiy Hasan Ahmedov qoʻl ostida futbol bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda u Boku ning „Neftchi“ jamoasida 15 yoshgacha boʻlgan yoshlar tarkibiga qoʻshilgan.
2009-yilda u „Gabala“ FK futbol akademiyasida futbol asoslarini oʻrganishni boshlagan va dastlab klubning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida oʻynagan. 2009—2010-yilgi mavsumda u 45 ta gol urib, U-17 Ozarbayjon chempionatining eng yaxshi toʻp urari boʻlganAmil Yunanov: „Mənə şans verilməsini səbrsizliklə gözləyirdim“.
U 2010—2014-yillarda Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasining sport oʻyinlari yoʻnalishi talabasi boʻlgan va shu yoʻnalishni tamomlagan. Klubdagi faoliyati Ichki chempionat U professional futbolchilik faoliyatini 2010—2011-yilgi mavsumda „Gabala“ futbol klubi zaxira jamoasida boshlagan. 13 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urgan boʻlishiga qaramay Amil ogʻir jarohatlanib, 6 oyga safdan chiqqan.
Premyer-ligadagi debyutini 2011-yil 19-may kuni mavsumning soʻnggi turida Salyan shahrining „Mugan“ jamoasiga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida gabalaliklar asosiy tarkibida oʻtkazganQabala vs Muğan 2-1 .
2013-yilning yozida u birinchi divizion klubi – „Neftchala“ga ijara asosida qoʻshilgan va klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Biroq, yarim yildan soʻng, 2014-yil boshida u Gabala jamoasiga qaytib kelgan va u yerda 90-raqam ostida oʻynay boshlagan. Kubok Ozarbayjon kubogida „Neftchala“ tarkibida bitta oʻyin oʻtkazganKhazar Lankaran vs Neftçala 4-0 . № Sana Bosqich Klub Raqib Liga Natija 1 4-dekabr 2013-yil Ozarbayjon kubogi 1\8 final „Xazar-Lenkoran“ „Neftchala“ Premyer liga 4 : 0 Terma jamoa 2011-yil 6-oktabrda u Ozarbayjonning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibidagi ilk oʻyinini UEFA Yevropa chempionati saralashida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan, unda Ozarbayjon jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Amil oʻyinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushganAzerbaijan U19 vs Sweden U19 1-0 . Manbalar