Togʻli Livan muhofazasi () – Livanning toʻqqiz muhofazasidan biri. Maʼmuriy markazi – Baabda shahri. Aley, Bikfaya va Bayit Mer kabi shahar va shaharchalari bor. Hududi – 1238 km2
Bu muhofaza Jabal Lubnonning togʻli mintaqasi sharafiga nomlangan boʻlib, oʻzi oʻrab turgan kichik Bayrut muhofazasidan tashqari, Kisravon-Jubayl muhofazasi va Janubiy Livan muhofazasi oʻrtasidagi Oʻrta yer dengizi sohilini qamrab oladi.
Geografiyasi Togʻli Livan muhofazasi (Bayrut atrofidagi hududdan tashqari) Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlari boʻylab choʻzilgan. Shimolda Shimoliy Livan muhofazasi, janubda Janubiy Livan muhofazasi, sharqdan esa Bekaa va Baalbek-Hermel muhofazalari bilan chegaradosh.
Muhofazaning balandligi dengiz sathi darajasidan boshlanib, 3000 metrgacha yetadi. Turli xil geografik xususiyatlarga ega, jumladan, shaharlar, aralash qishloq joylari va tabiiy hududlar. Hududni 5 ta daryo (Nahr al-Qalb, Nahr Bayrut, Damur, Avali daryosi va Nahr Ibrohim) kesib oʻtadi va 8 million kubik metr suv sigʻimiga ega Shabro'h toʻgʻonini oʻz ichiga oladi.
Tumanlari Togʻli Livan muhofazasi toʻrtta tumanga boʻlinadi: Tuman Arabcha nomi Markazi Aley tumani Aley Baabda tumani Baabda Matn tumani Judaydat Shoʻf tumani Baytiddin
Kisravon va Jubayl tumanlari 2017-yil 7-sentyabrgacha Togʻli Livan muhofazasi tarkibida boʻlgan, ushbu sanadan boshlab alohida Kisravon-Jubayl muhofazasini tashkil qiladi.
Aholisi Togʻli Livanda asosan xristianlar yashaydi, shu bilan birga darziylar va musulmon ozchiliklar ham mavjud. Moruniylar Matn va Baabda tumanlarida istiqomat qiladi (boshqa nasroniy konfessiyalari, masalan, yunon pravoslavlari, arman pravoslavlari va yunon katoliklari musulmonlar bilan birga aholining qolgan qismini tashkil qiladi). Darziylar Aley tumanida koʻpchilikni, Shoʻf tumanida esa sunniy musulmonlar hamda xristianlar bilan bir xil nufusni tashkil qiladi. Shia ozchiliklar Baabda tumanining Burj al-Barajna, Haret Hreyk, Gʻabariya va Chiya kabi qirgʻoqboʻyi hududlarida istiqomat qiladi.
Aniq statistik maʼlumotlar yoʻq, lekin 2005-yilda roʻyxatga olingan saylovchilar soniga koʻra, nasroniylar ulushi 65,8%, darziylar 15,43%, sunniylar 8,23%, shialar 7,76%.
Xristian va darziylar jamoalari, xususan, Livan togʻida taxminan ming yillikka tutashadigan uzoq tarixga ega. Asrlar davomida ular tinch-totuv oʻzaro munosabatda boʻlib, birgalikda yashashgan, umumiy ijtimoiy va madaniy landshaftlarni baham koʻrishgan, shunga qaramay vaqti-vaqti bilan istisnolar sodir boʻlgan. Bu oʻzaro taʼsir umumiy iqtisodiy faoliyat, madaniy almashinuv va hatto baʼzi hollarda siyosiy ittifoqlar bilan belgilanadi. Ikki jamoa bir-biri bilan yashab, har kuni ijtimoiy aloqada boʻlgan. Xristian va darziy qoʻshnilari oʻrtasidagi yaqin aloqalar baʼzi darziylar shaharlarida nasroniy jamoalarining gullab-yashnashiga olib keladi.
Iqtisodiyoti Togʻli Livan muhofazasining iqtisodiyoti asosan sanoat faoliyatiga bogʻliq boʻlgan. Muhofaza Livandagi sanoat korxonalarining eng yuqori foizini oʻz ichiga oladi (jami Livan sanoat korxonalarining taxminan 58%). Ushbu korxonalarning aksariyati oziq-ovqat sanoati sohasida ishlaydi (17,93%), bu oziq-ovqat sanoati bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar umumiy sonining 34% ni tashkil qiladi. Ushbu sektordan keyin Togʻli Livandagi sanoat korxonalarining 13,15% ni tashkil etuvchi qogʻoz va poligrafiya kompaniyalari turadi. Livan togʻida, Bayrut portiga yaqin joyda 12 dan ortiq sanoat zonalari mavjud.
Togʻli Livan muhofazasi sayyohlar uchun eng jozibali toʻqqizta joydan beshtasini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, u yerda Bayrutdan tashqari 260 ta mehmonxona bor, bu muhofazalar orasida eng yuqori foiz koʻrsatkichidir.
Manbalar
Turkum:Livan Turkum:Livan muhofazalari