Yuriy Gennadiyevich Kaplan (, 1988-yil 2-oktyabrda tugʻilgan, Zaporojye) – ukrainalik qoʻshiqchi, shoir, YouTubeʼda shou-biznes yulduzlariga hazil-mutoyiba videomurojaatlari paydo boʻlganidan soʻng mashhurlikka erishgan. „Valentin Strykalo“ guruhining yetakchisi hisoblanadi.
Biografiyasi Yuriy Kaplan 1988-yil 2-oktyabrda Zaporojye shahrida tavallud topgan. U mahalliy 105-litseyni tugatgach, Vadim Getman nomidagi Kiev milliy iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetiga oʻqishga kirgan va 2010-yilda ushbu oliy oʻquv yurtini tamomlaganValentin Strikalo vistupit s konsertom v Sankt-Peterburge , Velikaya Epoxa (22 dekabrya 2011). Yuriydan besh yosh kichik Mark ismli ukasi bor.
Internetdagi faoliyati Yuriy Kaplan oʻzining ilk videosini – Vyacheslav Malejikka yoʻllangan videomurojaatni – 2008-yil mart oyida YouTubeʼda „Burilsevo qishlogʻilik Valentin Strikalo“ taxallusi bilan eʼlon qilgan. Muallifning eʼtirof etishicha, bu video My Duck’s Vision studiyasining shunga oʻxshash roligidan taʼsirlanib suratga olingan. Ushbu rolikda studiyaning aktyorlaridan biri Sam Nikel ham Malejikka murojaat qilgan edi. left|thumb|250x250px|Kaplan Yashil teatrda, 2014-yil Yuriy keyinchalik Timati, Dima Bilan, Potap va Nastya Kamenskiy, Chay vdoem guruhi, MakSim, Timbalend, Sergey Zverev ga qarata murojaatlarini ham yozgan. Dima Bilanga murojaat qilingan videoning koʻrishlar soni 3 milliondan, Timatiga murojaat qilingan videoning koʻrishlar soni esa 1 milliondan oshib ketdi. Strykaloning YouTubeʼdagi estrada yulduzlariga qilingan murojaatlarining umumiy koʻrishlar soni 6 milliondan oshdi.
"Valentin Strykalo" guruhi "Valentin Strikalo" guruhi 2010-yilda tashkil topgan. Uning tarkibiga quyidagilar kirgan: Yuriy Kaplan (vokal, akustik gitara), Yevgeniy Ilin (bas-gitara), Yevgeniy Mitin (gitara) va Yevgeniy Seleznyov (barabanlar). 2011-yilda ikkita aʼzo guruhni tark etdi va ularning oʻrniga Anton Shchelkonogov (barabanlar) hamda Andrey Tropeshko (gitara) keldi. Ushbu yangi tarkib bilan jamoa oʻzining ilk albomi ustida ish olib bordi.
Jamoaning 2012-yil 24-fevralda „Smiris i rasslabsya!“ nomli debyut albomi chiqarildi. 2013-yilning qish mavsumida „Knopka“ qoʻshigʻi internetga joylandi. 2013-yil 20-oktyabrda guruhning „Chast chego-to bolshego“ deb nomlangan ikkinchi albomi chiqdi. Bu albomga konsertlarda oldin ijro etilgan yangi hamda allaqachon tanilgan qoʻshiqlar kiritilgan edi.
„Valentin Strykalo“ guruhi MDH mamlakatlarida faol gastrollarda boʻlib, yuzdan ortiq konsertlar berdi.
Manbalar
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:2-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar