Zakovat intellektual klubi – Oʻzbekistonning zakovat klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilot. Klub mamlakatda turli intellektual oʻyinlarni tashkil qilish, Oʻzbekistonda intellektual aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi.

Zakovat intellektual klubining Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda alohida boʻlimlari mavjud.

Tarixi Zakovat intellektual oʻyini 2001-yilda tashkil etilgan boʻlib, klub faoliyati ham teleoʻyin bilan bir vaqtda boshlangan. 2001-yil Navroʻz bayrami arafasida „Zakovat“ intellektual teleoʻyinining ilk soni efirga uzatilgan. Koʻrsatuv Yoshlar va „Oʻzbekiston“ telekanallarida, keyinchalik esa Milliy TVda namoyish qilingan. 2020-yil oxirida teleoʻyin efirdan olindi va toʻxtatib qoʻyildi. Ushbu holat bir necha eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining 2021-yil 1-yanvarda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Yigʻilish davomida klubning yangi internet sayti taqdim etilishi hamda Zakovatga aʼzo boʻlish tartibi, oʻyin qoidalari, tadbirlar jadvali eʼlon qilinishi belgilab berildi. Zakovat intellektual teleoʻyinining Milliy TV efiridan olinganligi, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlganidan soʻng Zakovat intellektual klubi tashkil etildi. Zakovat intellektual teleoʻyini efirdan olingandan soʻng Komil Allamjonov Telegramdagi kanalida quyidagicha izoh qoldirdi:

Zakovat yopilmaydi. Aksincha, gullaydi. Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani oʻz otaligʻimizga oldik. Bu yil inshaalloh ushbu media loyiha orqali respublikamizda yangidan yangi bilimdon yoshlarni kashf qilamiz.

2021-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 969-sonli guvohnomasiga koʻra Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

2021-yil fevral oyi boshida Zakovat intellektual klubiga aʼzolik uchun onlayn arizalar qabul qilish boshlandi va 21-fevralda aʼzolik uchun onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi. Dastlabki bosqichda rasmiy ravishda 13 043 kishi klub aʼzoligiga qabul qilindi. Aʼzolarning 11 ming 111 nafari yakka tartibda, qolgan 1 932 nafari esa 322 ta jamoa tarzida roʻyxatdan oʻtgan. 2021-yil holatiga koʻra klubga 245 302 ta bilimdon aʼzo boʻlib, 20 742 ta ichki klub faoliyat yuritadi.

2023-yilda doimiy aʼzolari soni 500 mingtaga koʻpaydi. 156 250 jamoa va 1 150 000 ga yaqin bilimdonlar ishtirokida 7 000 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy oʻyinlar oʻtkazildi. Oʻyinlarda tuzilgan va oʻynalgan savollar soni 15 000 dan oshdi.

2024-yilda klubga 1 155 000 ta bilimdon aʼzo boʻlib, 272 xodimlar va koʻngillilar faoliyat yuritadi. Klub kengashida klub prezidenti Abdurasul Abdullayev, direktor Deyl Ahmadidan tashqari, klub magistrlari hamda bilimdonlari Saidkamol Abdurazzoqov, Jobir Ahmedov, Umid Valiyev, Xushnud Xudayberdiyev, Bobur Yoqubovlar faoliyat yuritadi. Klub tomonidan soʻngi 4 yil davomida 35 ta katta tadbir tashkil etilib, ularga mamlakat boʻylab 900 mingdan ortiq bilimdon ishtirok etdi.

Vazifalari Zakovat intellektual klubining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish; intellektual sogʻlom raqobatni yuzaga keltirish; yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish va rivojlantirish; respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish; taʼlim muassasalarida intellektual toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va takomillashtirish; professional va havaskor bilimdonlar ishtirokida intellektual loyihalarni amalga oshirish.

Rahbariyati Zakovat intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev hisoblanadi. Klub direktorligi joriy qilinganda ushbu lavozimga sohada faol ishtirok etib kelayotgan bilimdon Umid Narimov tayinlangan. 2023-yil 29-dekabrda Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti taʼsischisining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda tashkilotga Deyli Ahmadi direktor etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar Deyli Ahmadi AOKA Media-markazi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. 2025-yil martida Zakovat intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti direktor etib Xayotilla Raxmanov tayinlangan.

+Klub rahbariyatiLavozimIsm-familyaFaoliyat davriPrezidentAbdurasul Abdullayev2022-yil 25-mart – hozirga qadarDirektorUmid Narimov2022-yil 25-mart – 2023-yil 29-dekabrDirektorDeyli Ahmadi2023-yil 29-dekabr – 2025-yil 10-martDirektorXayatilla Raxmanov2025-yil 10-mart - hozirga qadar

Klub direktorlari

Zakovat teleoʻyini

Zakovat intellektual teleoʻyini 2001-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Asoschisi va boshlovchisi Zakovat intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev. Ushbu oʻyin oʻndan ortiq davlatlarda turli nomlar bilan tashkil qilib kelinadi. Zakovat teleoʻyini 2018-yilga qadar MTRKda, 2019-yildan Milliy TV telekanalida namoyish etila boshlandi. 2021-yildan boshlab Mass-media fondi koʻmagida yangi media-loyiha sifatida qayta yoʻlga qoʻyildi.

Klub loyihalari va musobaqalari Zakovat intellektual klubi tomonidan intellektual oʻyinlarni ommalashtirish maqsadida bir qancha yirik loyihalar, shuningdek, yurtimizida va xalqaro maydonda doimiy hamda yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqalar tashkil etiladi.

Mahalliy T/RMusobaqa nomiIshtirokchilarMusobaqa boʻlib oʻtish vaqti/davomiyligi1Talabalar ligasiOliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida.Bahor, qish, kuz mavsumi2Talaba-oʻquvchilar ligasiAkademik litsey, kollej, texnikum va kasb-hunar maktablari tahsil oluvchilari oʻrtasida.Bahor, qish, kuz mavsumi3Oʻquvchilar ligasiUmumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida.Bahor, qish, kuz mavsumi4Zakovat QuizYosh chegaralanmagan.Yil davomida5Intellektual olimpiadaOliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida.Har yili dekabr oyida.6Intellektual haftalikOliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidaHar yili may oyida.7ZakovatOʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida.Yilda bir marta8ZakovatUmumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida.Yilda bir marta9ZakovatIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻquvchilari oʻrtasi.Yilda bir marta10ZakovatNurli maskan maktab internatlarining alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi) oʻquvchilari oʻrtasida.Yilda bir marta1110-savolYosh chegaralanmagan.Hozirda toʻxtatilgan12„Zakovat-Gambit“ shaxmat turniriHavaskor va professional shaxmatchilar oʻrtasida.Yilda bir marta13Chempionlar kubogiToshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar professional ligasi gʻoliblari.Har mavsum oxirida14Rubik kubini yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiHavaskorlar oʻrtasida.Yilda bir marta15Yoshlar kubogi25 yoshga toʻlmagan ishtirokchilar oʻrtasida.Iyun oyida16Doʻstlik kubogiYosh chegaralanmagan.Yilda bir marta17Neologizm CupYosh chegaralanmagan.Yil davomida18Ibn Sino kubogiTibbiyot muassasalari xodimlari oʻrtasida.Yilda bir marta19Imom Buxoriy izdoshlariYosh chegaralanmagan.Hozirda oʻtkazilmaydi.20Mahallalar oʻrtasida Zakovat31 yoshga toʻlmagan ishtirokchilar oʻrtasida.Yilda bir marta

Oʻzbekiston chempionati Oʻzbekiston chempionati zakovat professional jamoalar oʻrtasidagi Oʻzbekistonning eng yirik musobaqasi hisoblanadi. Turnir 3 yoʻnalishda „Zakovat“, „Erudit-kvartet“ va „Shaxsiy oʻyin“ boʻyicha boʻlib oʻtadi.

Intellektual olimpiada Zakovat intellektual klubi tomonidan har yili dekabr oyida oliy taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. Musobaqada talabalar saralash va respublika bosqichlarida bellashadi. Har bir jamoada 11 nafar ishtirokchi boʻladi. Respublika bosqichida „Zakovat“, „Breyn-ring“, „Erudit-kvartet“, „Shaxsiy oʻyin“, shaxmat va shashka oʻyinlari boʻyicha 6 ta yoʻnalishda oʻyinlar boʻlib oʻtadi. Intellektual olimpiadaga respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarida (davlat va nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy oliy oʻquv yurtlari va ularning filiallari) bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar, taʼlim yoʻnalishidan qatʼi nazar, ishtirok etishi mumkin.

Olimpiadada har bir yoʻnalish boʻyicha oʻrinlar uchun reyting ballari yigʻiladi. Yakunda eng koʻp ball toʻplagan oliy taʼlim muassasasi gʻolib deb topilib, Prezident sovgʻasi bilan mukofotlanadi. Intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan talabalar uchun yil davomida har oyda „Zakovat“ stipendiyasi beriladi hamda taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. 2023-yilda tashkil etilgan musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 5 milliard 400 million soʻmni tashkil qiladi. Shundan 4,5 milliard soʻmi Prezident sovgʻasi sifatida, umumjamoa natijalariga koʻra 1-, 2- va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oliy taʼlim muassasalariga (taʼlim muassasasining oʻziga) berildi (1-oʻringa – 2 milliard soʻm, 2-oʻringa – 1,5 milliard soʻm, 3-oʻringa – 1 milliard soʻm). Qolgan 900 million soʻm esa gʻolib jamoa aʼzolari oʻrtasida boʻlindi.

Intellektual haftalik Oliy taʼlim muassasalaridagi talabalar oʻrtasida intellektual raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, respublikaning turli hududlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish maqsadida klub tomonida har yili Intellektual haftalik tashkil etiladi. Saralash oʻyinlari aprel oyida Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladi. Respublika bosqichi may oyida boʻlib oʻtadi.

Zakovat-Gambit „Zakovat-Gambit“ Zakovat intellektual klubi tashkilotchiligida sportning shaxmat turida oʻtkaziladigan musobaqa. Ushbu turnir 2021-yildan beri har yili oʻtkazilib kelinadi. Sovrin jamgʻarmasi 600 million soʻmni tashkil qiladi. „Zakovat-Gambit“ shaxmat turniri ishtirokchilari reytinglari boʻyicha beshta guruhga boʻlinadi. Turnirning B, C, D, va E guruhidagi shaxmatchilar 9 ta turda shveytsarcha tizim boʻyicha (qoida boʻyicha 9 raundda, 3 (daqiqa) + 2 (har bir yurish uchun soniya) tarzida) oʻynashadi. Bu tizimda har bir turdan soʻng ishtirokchilar oʻzlarining natijalariga qarab yangi raqiblar bilan kurashadi. A guruhida esa professional shaxmatchilar davra tizimida, yaʼni har bir ishtirokchi qolgan barcha raqiblar bilan navbatma-navbat oq va qora donalarda oʻynaydi. B, C, D, va E guruhlarida faqat Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Musobaqa ikki bosqich saralash va final bosqichidan iborat. Asosiy oʻyinlardan soʻng bir vaqtning oʻzida oʻyin seanslari formatida mahorat darslari oʻtkaziladi. Mahorat seanslarida Rustam Qosimjonov, Gulruhbegim Toxirjonova, Viswanathan Anand, Harika Dronavalli, Judit Polgar, Timur Gareyev kabi grossmeysterlar ishtirok etgan.

Liga oʻyinlari

Zakovat intellektual klubi liga oʻyinlari yil davomida Zakovat klubi tomonidan bahorgi, yozgi, kuzgi hamda qishki mavsum oʻyinlari tarzida oʻtkazilib kelinadigan „Zakovat“ oʻyinining sportcha versiyasiga asoslangan musobaqa hisoblanadi. Oʻyinlar Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyatda oʻtkaziladi. Jamoalar oʻzaro Ikkinchi liga, Birinchi liga, Professional ligalarda bellashadi. Mavsum yakuniga koʻra Professional, Birinchi va Ikkinchi liga mavsumiy musobaqalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra eng yaxshi oʻrinlarni egallagan jamoalar yuqori ligalarga, past natija qayd etgan jamoalar esa quyi ligalarga yoʻl olishadi.

Liga oʻyinlari Zakovat intellektual klubi tomonidan muntazam oʻtkazilib boriladi. 2022-yil 4—5-iyundan boshlab klub tomonidan Professional hamda Birinchi liga oʻyinlari tashkil qilingan boʻlsa, 2022-yil 10-sentyabrdan Ikkinchi liga oʻyinlari yoʻlga qoʻyilgan. Liga oʻyinlarida bir necha bor jamoalarning soni boʻyicha oʻzgartirishlar amalga oshirilgan.