Josef Emanuel Hubertus „Sepp“ Piontek (1940-yil 5-martda tugʻilgan) – nemis sobiq futbolchisi va murabbiy.

Oʻyin karerasi Ikkinchi jahon urushi davrida Vrotslavda tugʻilgan. Piontek futbolchilik faoliyatini VfL Germania Leer jamoasi tarkibida boshlagan. 1963—1972-yillar oraligʻida SV Verder jamoasi tarkibida qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Bremen klubi tarkibida Bundesligada 203 ta oʻyinida 14 ta gol muallifi boʻlgan (Sepp avvalroq Bundesliga tashkil etilishidan oldin Nord Oberligasida (1960—1963) 75 oʻyin oʻtkazib va bitta gol urgan). Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida oltita oʻyinda (gol urmagan) ishtirok etgan.

Murabbiylik faoliyati Nafaqaga chiqqanidan soʻng Piontek Germaniyada „Verder“ (1971—1975), keyinchalik „Fortuna Dyusseldorf“ (1975—1976) va „Sent-Pauli“ (1978—1979) klublarida murabbiylik qilgan. 1979-yilda Piontek avval Gaitini (1976—1978) boshqarganidan keyin Daniya terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Sepp Daniya terma jamoasi bilan 115 ta xalqaro oʻyinda qatnashib, Daniyani 1986-yilgi jahon chempionatiga olib chiqqan va ilk bor Daniya term jamoasini FIFA Jahon chempionatidagi ishtirokini taʼminlagan murabbiy sifatida tarixga kirgan. Uning boshqaruvi davrida Daniya terma jamoasi „Daniya dinamiti“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Sepp 1990-yil aprel oyida Daniya terma jamoasi bilan birgalikda 1990-yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng bosh murabbiyi lavozimini tark etgan. Piontekning germaniyalik ustozi Jupp Derwall maslahatiga koʻra 1990-yil may oyidan 1993-yilgacha Turkiya terma jamoasini boshqargan. Murabbiylik davrida 1992-yilgi Yevropa chempionati va 1994-yilgi FIFA Jahon Chempionatida ishtirok eta olmaganligi sabablik terma jamoani terk boʻlsada oʻzining tavsiyalari bilan turk futbolida katta jonlanish, oʻsishga yordam bergan.

1990-yillarda Piontek Daniyaga qaytib kelgan va u yerda Daniyaning Aalborg BK va Silkeborg IF klublariga murabbiylik qilgan va keyinchalik Grenlandiya terma jamoasida ishlagan. Hozirda oʻqituvchilik qilib kun kechirmoqda.

Yutuqlar

Oʻyinchi Verder Bremen

Bundesliga chempioni: 1964–65, ikkinchi oʻrin 1967–68

DFB kubogi: 1961-yil

Murabbiy Individual

Gerin Sportivo yilning eng yaxshi murabbiyi: 1983-yil

Manbalar

Havolalar

Danish national team profile

Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gʻarbiy Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:Germaniyalik futbol murabbiylar