Botir Erkinovich Zohidov (Ботир Эркинович Зоҳидов) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri. Biografiyasi 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Fizik-oʻqituvchi, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Erkin Zohidovning farzandihttps://t.me/anora_sodiq/423.

2003-yilda Toshkent moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

2004-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida boʻlim bosh mutaxassisligidan Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi.

2022-yil 19-sentyabrdan 2024-yil 23-sentyabrgacha Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar