Ahmad Qobil () – eronlik hujjat al-Islom shia musulmonlari ulamosi, ilohiyotchi, oʻqituvchi, tadqiqotchi va yozuvchi.
Qobil dissident ruhoniy Oyatulloh Husayn Ali Montazeriyning izdoshi boʻlgan va Eron hukumati tomonidan bir necha bor hibsga olingan. 2012-yil 22-oktyabrda vafot etgan.
Biografiyasi „Hayat-é-No“ gazetasida jurnalist boʻlib ishlaganida. 2001-yil 31-dekabrda Ruhoniylar uchun maxsus sud qarori bilan hibsga olingan. Bu „Chegara bilmas muxbirlar“ xalqaro matbuot xizmatining noroziligiga sabab boʻlganPRESS ORGANISATIONS URGES IRANIAN CLERICS TO RELEASE JOURNALISTS , PARIS 4 Jan. 2002 (IPS).
2009-yil dekabr oyida Husayn Ali Montazeriyning dafn marosimida qatnashish uchun Qumga ketayotganida hibsga olingan. Bungacha u „Hikmat va din“ loyihasi ustida ishlagan. Islohotchilar veb saytiga koʻra, 170 kunlik qamoqdan soʻng ozod qilingan, biroq 2010-yilning yozida „Mashhaddagi Vakilobod qamoqxonasidagi yashirin ommaviy qatllar va oliy rahbarni tanqid qilgani“ uchun qayta hibsga olinganIran reformer sentenced to jail, exile and fine, By ALI AKBAR DAREINI, The Associated Press, December 15, 2010;.
2010-yil 14-dekabrda hukmron tuzumga qarshi ishlaganlikda va mamlakat oliy rahbarini haqorat qilganlikda ayblanib, 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va unga apellyatsiya shikoyati uchun 20 kun muhlat berilgan. 2011-yilning iyul oyida jazoni oʻta boshlagan, ammo oʻsha yozda miya shishi tugayli kasalxonaga yotqizilgan.
2012-yil 22-oktyabrda olti kunlik komadan soʻng kasalxonada vafot etgan. Manbalar
Kategoriya:XX asr musulmon ilohiyotshunoslari Kategoriya:Eron olimlari Kategoriya:Eronda inson huquqlarining buzilishi Kategoriya:1954-yilda tugʻilganlar Kategoriya:2012-yilda vafot etganlar Kategoriya:21-asr musulmon ilohiyotshunoslari Kategoriya:Eronda miya saratonidan oʻlganlar