Laura Emily Bailey (1972-yil 6-avgustda tugʻilgan) – ingliz modeli va fotografi. Guess, L'Oréal, Jaguar, Jaeger, Marks & Spencer kabi brendlar uchun modellik qilgan.

Hayoti Laura Bailey 1972-yil 6-avgustda Angliyaning Oxford shahrida tugʻilgan.

U Wheatley Park maktabini tamomlaganidan soʻng, Sautgempton universitetiga oʻqishga kirgan.

Faoliyati

Baileyning eng koʻzga koʻringan hamkorlari orasida Guess, L'Oréal, Jaguar, Jaeger, Marks & Spenser, Bella Freud, Rey-Ban, Oetker Collection, Bodas, Temperley London va Solange Azagury-Partrid brendlari bor. Bailey Hause of Chanelning brend vakili hisoblanadi.

Uning fotograf sifatidagi ishlari shaxsiy portret va hujjatli loyihalar bilan bir qatorda Vogue, Violet Book, FT How To Spend It va boshqa nashrlarda chop etilgan.

Bailey, shuningdek, Bella Freud, Solange Azagury-Partridge, Trager Delaney va Shrimps kabi bir nechta moda leybllari uchun suratga olingan bir qator qisqa metrajli filmlarga prodyuserlik qilgan hamda rol ijro etgan.

U Britaniya moda kengashining madaniyat elchisi va Save The Children tashkilotining elchisi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ingliz modellari