Qayrat Tutqaboyevich Aldabergenov (; 1966-yil, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi. 2009-yildan 2023-yilgacha Tomdi tumani hokimi.
Biografiyasi 1966-yil Nurota tumani, Navoiy viloyatida qozoq oilasida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan, 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bank Moliya akademiyasini tugatgan. 2009—2020-yillarda Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati boʻlgan. 2023-yil 23-dekabrda 14 yillik hokim lavozimidan ozod etildi.
Mukofatlari
„Doʻstlik“ ordeni (2014) „Sodiq xizmatlari uchun“ medali (2021)
Manbalar
Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Nurota tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari Turkum:Tomdi tumani hokimlari Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Tomdi tumani Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Bank Moliya akademiyasi bitiruvchilari