Ýedigen futbol jamoasi () – Ashxobodda joylashgan Turkmaniston professional futbol klubi. Klub 2003-yilda MTTU nomi bilan tashkil etilgan. Bu Xalqaro Turkman-Turk Universitetining futbol jamoasi edi. 2000-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi turkman futbol klublaridan biri boʻlgan. Jamoaning uy stadioni 1000 kishini sigʻdira oladigan va universitet hududida joylashgan HTTU stadioni edi. 2004-yildan ilk bor Turkmaniston Oliy ligasida ishtirokini boshlagan. 4 marta mamlakat chempioni boʻlgan, 2 martadan Turkmaniston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yil avgust oyida jamoa tarqatib yuborilgan.
Tarix Klub 2003-yilda Xalqaro Turkman-Turk universiteti tomonidan HTTU Ashxobod nomi bilan tuzilgan boʻlib () FC HTTU nomi ostida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan. Birinchi bosh murabbiy Oraz Geldiyev edi. 2005-yilda jamoa Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan va final oʻyinida Marining Marv jamoasini (4:1) magʻlub etgan.
2012-yilda jamoa Yokari ligada 3-oʻrinni egallagan. 2013-yilda HTTU Yokari liga, Turkmaniston Superkubogi va Eskishehir kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoa hujumchisi Sulaymon Muhadov mavsum davomida 23 ta gol urib, oltin butsa poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2014-yilgi mavsum jamoada bir qancha muhim yetakchi futbolchilar va murabbiy ketishi ortidan, klub sardori Rovshen Meredov bosh murabbiy etib tayinlangan. Meredov qoʻl ostida HTTU Turkmaniston Superkubogi oʻyinida ishtirok etgan va „Ahal“ jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2013-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyati natijasida HTTU 2014-yilda Filippinda boʻlib oʻtgan AFC Prezidenti kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Xalqaro musoboqaning yakuniy final oʻyinida Shimoliy Koreyaning „Rimyongsu“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan va turnir gʻolibi boʻlgan. Sulaymon Muhadov 11 ta gol bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2016-yildan klub nomi Ýedigen FC ga oʻzgartirgan. 2016-yilning 1-avgustida klub Turkmaniston Yokari ligasini moliyaviy qiyinchiliklar sababli tark etgan va keyinchalik tarqatib yuborilgan. „Ýedigen“ chempionat oʻyinlarining yarmidan koʻpini oʻtkazgani uchun, Turkmaniston chempionatining qolgan turlarida Ýedigen raqiblariga har bir uchrashuvda gʻalaba, „Ýedigen“ jamoasiga esa texnik magʻlubiyat yozilgan. Natijada klub 22 ochko bilan turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan.
Mahalliy MavsumLigaTurkmaniston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.OʻrinOʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga2015Oliy dvizion636121014505446Chorak final Begench Garayev2016Oliy dvizion9366426223122 Begench Garayev
Kontinental MusoboqaOʻGʻDMUGOʻGT/NAFC Kubogi102261926 −7AFC Prezidenti Kubogi9621207 +13Jami198473933+6 MavsumMusoboqaBosqichKlubUySafarUmumiy natija2006AFC KubogiD guruhi Al-Nejmeh2–22–63rd Al-Faisaly2–23–42007AFC KubogiB guruhi Al-Muharraq1–21–33rd Al-Wehdat1–22–4 Al-Hilal3–12–02010AFC Prezidenti KubogiC guruhi Druk Stars8–0 Yadanarbon0–0Yarim final Dordoy Bishkek0–12014AFC Prezidenti KubogiB guruhi Tatung2–0 Rimyongsu1–1 United City2–1Yakuniy bosqich A guruhi Manang Marshyangdi3–1 Sri Lanka Air Force2–1Final Rimyongsu2–1
MDH kubogi MavsumMusoboqaBosqichKlubHisobOʻrin2006Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogiC guruhi Dordoy-Dinamo Norin2–03 Sheriff Tiraspol1–0 Shaxtyor Donetsk1–52007Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogiD guruhi OFK Beograd0–24 Sioni Bolnisi1–2 FBK Kaunas0–42007Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogiC guruhi Levadia Tallinn3–12 Russia XI2–4 Dinamo Kiyev2–4Chorak final Bunyodkor1–1 Yarim final Rubin Kazan0–4
Yutuqlar
Turkmaniston ligasi (4) Gʻoliblar: 2005, 2006, 2009, 2013-yillar Ikkinchi oʻrin: 2007, 2008, 2011 Turkmaniston kubogi (2) Gʻoliblar: 2006, 2011 Gʻoliblar: 2008, 2012 Turkmaniston Superkubogi (3) Gʻoliblar: 2005, 2009, 2012 Ikkinchi oʻrin: 2006, 2011 Turkmaniston Prezidenti kubogi (3) Gʻolib: 2007, 2008, 2009 Ikkinchi oʻrin: 2006-yil AFC Prezidenti kubogi (1) Gʻolib: 2014-yil
Managers Oraz Geldiýew (2003–2006) Ýazguly Hojageldyýew (2006–2013) Röwşen Meredow (2014) Begench Garayev (2014–2016)
Manbalar
Havolalar Yedigen Ashgabat at FIFA.com
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:Ashxoboddagi futbol klublari Turkum:2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:AFC Chaqiruv ligasida gʻolib chiqqan klublar Turkum:2016-yilda tugatilgan futbol klublari