Élisabeth Badinter (talaffuzi: Elizabet Badinter; qizlik familiyasi: Bleustein-Blanchet; 1944-yil 5-martda tugʻilgan) – fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchisi.

U feminizm va ayollarning jamiyatdagi roli haqidagi falsafiy risolalari bilan mashhur. Badinter liberal feminizm va Fransiyadagi mehnat muhojirlari huquqlari himoyachisi. U, shuningdek, maʼrifatparvarlik ratsionalizmi va universalizmga sodiqligi bilan tavsiflanadi. Badinter „oʻrta darajadagi feminizm“ tarafdori. 2010-yilgi Marianne yangiliklar jurnali soʻrovi uni ayollar huquqlari va onalik haqidagi kitoblari asosida Fransiyadagi „eng nufuzli intellektual shaxs“ deb topdi.

Badinter koʻp millatli, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar kompaniyasi boʻlgan Publicis Groupening eng yirik aksiyadori hamda uning kuzatuv kengashi raisi hisoblanadiLutter contre le voile et… être chargée de la com’ de l’Arabie Saoudite: le troublant mélange des genres d’Elisabeth Badinter , Metronews, 2016-yil 5-aprel.. U bu aksiyalarni kompaniyaga asos solgan otasi Marcel Bleustein-Blanchetdan meros qilib olgan. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2012-yilda Badinter 1.8 milliard AQSh dollari atrofidagi boyligi bilan Fransiyaning eng badavlat fuqarolaridan biri hisoblanadiThe World’s Billionaires List, Forbes, 2012-yil mart..

Yoshligi Badinter Fransiyaning Boulogne-Billancourt kommunasida Sophie Vaillant va Publicis asoschisi Marcel Bleustein-Blanchet oilasida tugʻilgan. Sophie Vaillant fransuz chap qanot harakatining siyosiy yetakchisi va ijtimoiy faol Edouard Vaillantning nabirasi edi. Élisabethning onasi oʻrta sinf qatlamida Rim-katolik sifatida oʻsgan va keyinchalik turmushga chiqqanidan keyin yahudiylikni qabul qilgan. U Élisabethni yahudiylik dinida tarbiyalagan.

Élisabeth va uning ikki singlisi ikki jins vakillarining tengligiga ishongan ota-onalar tomonidan tarbiyalangan. Élisabeth oʻrta maʼlumotni Parijdagi École alsacienne xususiy maktabida olgan. Oʻsmirlik davrida u Simone de Beauvoirning „The Second Sex“ asarini oʻqigan, bu uning qarashlariga chuqur taʼsir koʻrsatgan va Sorbonne universitetida falsafa doktori ilmiy darajasiga erishishiga ilhomlantirgan. Élisabeth Fransiyaning Maʼrifatchilik davri tarixi boʻyicha mutaxassis.

Faoliyati Oʻqishdan soʻng, Badinter École polytechnique muassasasida dars berdi. Uning „L'Amour en plus“ nomli birinchi kitobi 1980-yilda nashr etilgan boʻlib, ushbu kitobda Badinter „Onalik muhabbati faqat tabiiy instinktmi yoki u kutilayotgan madaniy kontekstda mustahkamlangan tendensiyami?“ degan savolni koʻtaradi.

Badinter oʻzining 1987-yilda nashr etilgan „L'un est l'autre“ nomli tanqidiy asarida gender oʻziga xosliklarida erkak va ayol belgilarining bir-birini toʻldirishi hamda bu toʻldiruvchilar zulmga duchor boʻlganda yuzaga keladigan ziddiyatlarni aks ettiradi. Badinter gender oʻxshashligining yangi davri gender oʻziga xosliklarining oʻzgarishiga va axloqiy qadriyatlar inqilobiga olib keladi, degan xulosaga keladi.

Uning 2003-yilgi „La fausse route“ risolasiga zamonaviy fransuz feministlari sabab ayollarning notoʻgʻri munosabati va qurboniga aylangan. „Ayollar hokimiyati va zoʻravonligini muntazam ravishda inkor etish, ayollarni doimiy ravishda mazlum va begunoh qilib koʻrsatish ikkiga boʻlingan insoniyatning yoriqlarini chuqurlashtirmoqda: bir tomonda erkaklar zulmi qurbonlari va boshqa tomondan qudratli jallodlar“, – deb yozadi u. Badinter feministik harakat ichidagi essentialistlarni tanqid qilib: „Erkak dushman emas“ deb taʼkidlaydi.

Siyosiy faolligi 1989-yilda Fransiyada hijob boʻyicha mojarolar chogʻida Badinter, Regis Debray, Alain Finkielkraut, Elisabeth de Fontenay va Catherine Kintzler oʻsha paytdagi Taʼlim vaziri Lionel Jospinga ochiq xat yozib, roʻmolini yechishdan bosh tortgan oʻquvchilarga davlat maktablariga borishga ruxsat bermaslikni talab qildilar. Badinterning fikricha, Fransiya xalq taʼlimi tizimi har qanday diniy mansublikdan xoli boʻlishi kerak va dunyoviy davlatning davlat muassasalaridagi betaraflik tamoyillari ulardagi individuallik masalalaridan ustun boʻlishi kerak.

Shaxsiy hayoti 1966-yilda Élisabeth Francois Mitterrand davrida Adliya vaziri boʻlib faoliyat olib borgan advokat Robert Badinterga turmushga chiqqan. Juftlikning bir qizi va ikki oʻgʻli bor.

Bibliografiya

L'Amour en plus: histoire de l'amour maternel (XVIIe-XXe siècle), 1981; ; Les Goncourt: „Romanciers et historiens des femmes“, „La Femme au XVIIe siècle d'Edmond et Jules de Goncourt“dan muqaddima, 1981; Émilie, Émilie, L'ambition féminine au XVIIIe siècle, 1983; ; Les Remontrances de Malesherbes (1771–1775), 1985; L'Un est l'autre, 1986; ; Cahiers Suzanne Lilar, 15–26-betlar, Parij, Gallimard, 1986; ; Condorcet. Un intellectuel en politique, 1988; , 1988; Madame d'Épinay, Histoire de Madame de Montbrillant ou les Contreconfessions, d'Élisabeth Badinterdan muqaddima, 1989; Thomas, Diderot, Madame d'Épinay: Qu'est-ce qu'une femme?, Élisabeth Badinterdan muqaddima, 1989; Condorcet, Prudhomme, Guyomar: Paroles d'hommes (1790–1793), Élisabeth Badinter, 1989; XY, de l'identité masculine, 1992; ; Madame du Châtelet, Discours sur le bonheur, muqaddima, 1997; Les Passions intellectuelles, tome 1: Désirs de gloire (1735–1751), 1999; Les Passions intellectuelles, tome 2: L'exigence de dignité (1751–1762), 2002; ; Simone de Beauvoir, Marguerite Yourcenar, Nathalie Sarraute, 2002. Élizabeth Badinter, Jacques Lassalle va Lucette Finas; Fausse route, 2003; ; Julia Borossa Dead End Feminism. Polity. ISBN 0-7456-3380-3.; Fausse routedan tarjima qilingan; Madame du Châtelet, Madame d'Épinay: Ou l'Ambition féminine au XVIIIe siècle, 2006; ; ; Adriana Hunter, The Conflict: How Modern Motherhood Undermines the Status of Women. Henry Holt and Company. ISBN 978-0-8050-9414-5.; Le Conflitdan tarjima qilingan; Le Pouvoir au féminin, Marie-Thérèse d'Autriche 1717–1780 – L'impératrice-reine, 2016-yil 9-noyabr; .

Mukofot va unvonlari

: Université libre de Bruxelles faxriy doktori (2013) : Monakoning U̍rdine d'u Me̍ritu Cürtürale ordeni komandiri (2011)Sovereign Ordonnance n° 3.540 of 18 November 2011 : promotions or nominations in the Order of Cultural Merit : Fransiyaning Ordre des Arts et des Lettres ordeni komandiri (2007) : Université de Liège faxriy doktori (2004)

Manbalar

Turkum:Fransiya milliarderlari Turkum:Ayol milliarderlar