Yahyo Sinvar (; Abu Ibrohim nomi ham bilan tanilgan; 1962-yil 29-oktyabr — 2024-yil 16-oktyabr) — falastinlik siyosatchi, 2024-yil avgustdan Hamas siyosiy byurosi raisi boʻlib, Ismoil Haniyaning o‘rnini egallagan.
Hayoti Yahyo Ibrohim Hasan Sinvar 1962-yil 29-oktyabrda Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunis qochqinlar lagerida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi asli Ashkelonlik boʻlib, 1948-yilda Isroil davlati tashkil topgandan soʻng boshlangan urushda oʻz vatanlaridan Xon Yunisga qochib kelishgan. Sinvar dastlab Xon Yunisdagi oʻgʻil bolalar oʻrta maktabida oʻqigan. Keyinchalik Gʻazo islom universitetida arab tili boʻyicha tahsil olib, bakalavr darajasini olgan.
Faoliyati
Qamoqdagi yillari Sinvar 1982-yilda Isroil tomonidan „islomiy faoliyati“ hibsga olinib, 4 oy qamoqda oʻtirib chiqadi. 1985-yilda ham qamalib chiqadi. Taxminlarga koʻra Sinvar ayni shu paytlarda Hamas asosichi Ahmad Yosinning ishonchiga kiradi va ular juda yaqin boʻlish qolishadi. Keyinchalik bu munosabatlar Sinvarning mansabi koʻtarilishiga yordam beradi.
1987-yilda 25 yoshli Sinvar Hamasning ichki xavfsizlik xizmati boʻlgan „Al-Majd“ni tuzadi. Ushbu tashkilot falastinliklarni kuzatib, Isroilga josuslik qilganlarni oʻldirish bilan shugʻullangan. Bundan tashqari axloq qoidalarini buzganlarni ham taʼqib etish ham tashkilotning vazifasi boʻlgan. Sinvar Isroilga sotilgan koʻplab kishilarni oʻz qoʻli bilan shafqatsizlarcha oʻldirgan. U shafqatsizligi bilan dovrugʻ qozonib, „Xon Yunis qassobi“ degan laqab ham orttirishga ulgurgan.
1988-yilda Sinvar isroillik 2 askarni oʻgʻirlab, oʻldirishni rejalagan. Shu yili u yana isroilliklar tomonidan hibsga olinadi va 4 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Sinvar hayotinining katta qismini (1988-2011) Isroil qamoqxonasida oʻtkazgan. Uning bir kishilik kamerada oʻtkazgan vaqti esa uni yanada radikallashtirgan. Sinvar qamoqxonada mahbuslar yetakchisi sifatida koʻrinish berib, qamoqxona maʼmuriyati bilan mahbuslar nomidan muzokaralar oʻtkazadi va u yerdagi tartibni nazorat qiladi. U bu davrdan unumli foydalanib Isroil gazetalarini oʻqib, ivrit tilini oʻzlashtirgan, Isroil madaniyatini oʻrgangan va hatto ravon gapirishni boshlagan. Qamoqxona sobiq xodimi u haqida quyidagi fikrlarni aytgan:.
Sinvar qamoqda boʻlgan paytida Gilad Shalit ismli isroillik askar Hamas tomonidan asirga olinadi. Bu voqea esa Isroilda katta rezonans keltirib chiqaradi va jamoatchilik tomonidan yirik namoyishlar oʻtkazilib, hukumatdan ushbu askarni ozod etish talab qilinadi. 2011-yilga kelib, isroillik askar bilan Isroil qamoqxonalaridagi 1027 ta falastinlik mahbuslar almashtiriladi. Sinvar shu mahbuslar bilan ozodlikka chiqadi.
Hamas Sinvar qamoqdan chiqqanidan soʻng 2013-yilda Hamasning Gʻazo sektoridagi siyosiy byurosiga saylanadi. Bundan olinda Hamasning „Al-Qassam“ brigadasida katta qoʻmondon boʻlgan. 2015-yilda esa AQSH davlat departamenti Yahyo Sinvarni rasman „alohida qidiriladigan xalqaro terrorchi“ () deb eʼlon qiladi.
2017-yil 13-fevralga kelib Sinvar Hamas siyosiy byurosi raisi etib saylanadi. 2021-yil 16-mayga oʻtar kechasi Isroil uning Gʻazo sektoridagi uyi va idorasiga raketa zarbasi yoʻllaydi. Hujum natijasida bino vayron boʻladi, lekin bu paytda Sinvar uyida boʻlmagan boʻladi. U 2022-yil aprel oyidagi telemurojaatida esa „odamlarni istalgan usulda Isroilga hujum qilishga“ chaqiradi.
Yevropa Ittifoqi 2024-yil 16-yanvarda Sinvarni „Yevropa terrorchilar ro‘yxati“ga qoʻshadi. Ismoil Haniyaning oʻldirilishidan soʻng Sinvar Hamasning yangi rahbari etib saylanadi.
Vafoti
Yahyo Sinvar 2024-yil 16-oktyabrda Isroil tomonidan oʻldirilgan.
Asarlari Sinwar, Yahya (2004) The Thorn and the Carnation („Draft2digital“ nashr qilgan)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Falastinliklar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar __INDEKS__