Sibirsev Ilya Pavlovich (28-aprel, 2001-yil; Oltoy oʻlkasi, Rossiya) – Oʻzbekiston terma jamoasining professional suzuvchisi. 200, 400 va 800 metr suzish boʻyicha bir necha marta chempion boʻlgan. Parijdagi 2024-yilgi yozgi Olimpiada ishtirokchisi.

Karyera 2021-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi – Sherzod Inogʻomov.

Ilya Sibirsev AQSHning Kentukki shtatidagi „Louisville“ universitetining sport klubida doimiy mashgʻulotlarni olib boradi. Erkin usulda suzish yoʻnalishiga ixtisoslashgan Ilya Okean ortida oʻtgan turli xalqaro musobaqalarda shohsupadan joy olgan.

2023-yil 11-fevral kuni Qatarning Doʻha shahrida boʻlib oʻtgan suv sport turlari boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan. Shu kuni u 3:50.9 daqiqada 400 metr suzish boʻyicha Oʻzbekiston rekordini yangiladi.

2023-yil 13-fevral kuni Dohada boʻlib oʻtgan suv sport turlari boʻyicha jahon chempionatida Ilya 800 metr suzgan, natijasi 7:53.87 daqiqa boʻlgan. Afsuski, bu natija davom etish uchun yetarli boʻlmadi, ammo shunga qaramay, bu natija bilan Oʻzbekistonda yana bir rekordini yangiladi.

2024-yil iyun oyida Kanadada Vankuver shahrida suzish boʻyicha xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtgan. 800 metrga final suzishida Ilya 7:50.05 daqiqada suzib oʻtgan va shu bilan 1-oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga Parijga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Shuni hisobga olish kerakki, yakuniy suzishda normativ 7:51.65 daqiqa oʻrnatilgan edi. Ilya normativni belgilangan vaqtdan oldin bajargan va shu bilan Parijdagi 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga ikkinchi yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

2024-yil 27-iyulda Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metrga suzishda Ilya 3:51.52 daqiqada suzdi va shu bilan 3-oʻrinni egalladi. Ammo afsuski, bu natija finalga oʻtish uchun etarli emas edi.

2024-yil 29-iyulda Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 800 metrga suzishda Ilya 7:56.67 daqiqada suzdi, ammo afsuski, bu natija final uchun etarli boʻlmadi va shu bilan u olimpiadada ishtirokini yakunladi.

Manbalar

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik suzuvchi Turkum:Parij-2024