Roberto Bellarosa (1994-yil 23-avgustda tugʻilgan) – belgiyalik qoʻshiqchi. Bellarosa „The Voice Belgique“ tanlovining birinchi gʻolibi sifatida shuhrat qozondi. Shuningdek, u 2013-yilgi Eurovision qo‘shiq tanlovida Belgiya sharafini himoya qilib, 71 ball bilan 12-oʻrinni egalladi.

Biografiyasi Roberto Bellarosa 1994-yil 23-avgustda Belgiyaning Wanze shahrida, kelib chiqishi Italiyaning Apulia hududining janubiy mintaqasidagi Vico del Gargano qishlogʻidan boʻlgan futbolchilar oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida uning ota-onasi Huy shahridagi musiqa maktabiga olib borishgan. Xor darslari paytida oʻqituvchisi uning ovozini eshitgandan soʻng ota-onasiga yosh Bellarosani qoʻshimcha qoʻshiq darslariga ham qoʻyishni maslahat bergan.

Keryerasi 2011–12: The Voice Belgique 2011-yilda Bellarosa Jon de Mol tomonidan olib boriladigan „The Voice“ tanlovining Valloniya versiyasida („The Voice Belgique“) ishtirok etgan.

Onlayn ariza topshirgandan soʻng, Bellarosa kastingda qatnashgan va u yerda James Morrisonning „You Give Me Something“ qoʻshigʻini kuylagan. Hakamlar hisoblangan Quentin Mosimann, Lio, Joshua va Beverly Jo Scottlarning barchasi stullarini unga oʻgirib, Bellarosa oxir-oqibat yordamchi murabbiy Tara McDonald bilan Quentin Mosimann jamoasiga qoʻshilishiga qaror qilishgan .

2012-yil 10-aprelda, 16 haftalik musobaqadan soʻng, Bellarosa Sony Music leybli bilan shartnoma tuzib, muxlislarning 57% ovozlarini qoʻlga kiritib, gʻolib deb topilgan.

„The Voice Belgique“ loyihasida ijro etilgan qoʻshiqlari roʻyxati BosqichSanaQoʻshiqQoʻshiq egasiIzohMuxlislar bahosi3-yanvar 2012-yil „You Give Me Something“James MorrisonDuel31-yanvar 2012-yil „Même Si“Grégory Lemarchal & Lucie SilvasDaniela Sindacoga qarshi duelda gʻalaba qozonganJonli ijro28-fevral 2012-yil „Apologize“OneRepublicJonli ijro13-mart 2012-yil „Wicked Game“Chris IsaakJonli ijro27-mart 2012-yil „Le blues du businessman“Claude DuboisJonli ijro3-aprel 2012-yil „Just the Two of Us“Bill WithersLeonie Wʼasukulu bilan duet ijro etgan „As“Stevie WonderJonli ijro10-aprel 2012-yil „Firework“Katy PerryRenato Bennardo, Giusy Piccarreta va Daisy Hermans bilan duet „You Give Me Something“James Morrison „Vivre pour le meilleur“Johnny Hallyday „Jealous Guy“John LennonGʻolib boʻlgan

2012-13: „Ma voie“ albomi va Eurovision qoʻshiq tanlovi 2012-yilda Bellarosa Belgiya boʻylab 11 nafar boshqa ishtirokchilar bilan birga „The Voice Belgique“ nomli jonli gastrol safarida ishtirok etgan. 2012-yil 6-iyulda Bellarosa oʻzining „The Voice Belgique“ loyihasidagi murabbiyi Quentin Mosimann va yordamchi murabbiyi Tara McDonald bilan birgalikda ishlab oʻzining birinchi „Je Crois“ singlini chiqargan. Uning birinchi albomi „Ma voie“ 2012-yil 21-sentyabrda, ikkinchi singli „Apprends-moi“ esa 2012-yil 26-oktyabrda chiqqan.

2012-yil 16-noyabrda „Radio Télévision Belge Francophone“ (RTBF) tomonidan Bellarosa Shvetsiyaning Malmö shahrida boʻlib oʻtadigan Eurovision 2013 qoʻshiq tanlovida Belgiya sharafini „Love Kills“ qoʻshigʻi bilan himoya qilishi eʼlon qilingan. U tanlov finaliga chiqqan va yakunda 12-oʻrinni egallagan.

Diskografiyasi

Albomlari Nomi Albom maʼlumotlari Chartlarda egallagan oʻrinlari BEL(WAL) Ma voie Chiqarilgan sanasi: 21-sentyabr 2012-yil Leybl: Sony Music Entertainment Format: Raqamli yuklash, CD 11Suis ta route Chiqarilgan sanasi: 2015-yil

Singllari Yil Singl Chartlarda egallagan oʻrinlari Albom BEL(VL) BEL(WAL) GER NL 2012-yil „Jealous Guy“ – 4  – – Ma Voie „Je Crois“ – 37  – – „Apprends-moi“ –  –  – – 2013-yil „Love Kills“ 15 6 90 71 TBA2021-yil „Le Remede“––––TBA „–“ chartga kiritilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Boshqa qoʻshiqlari Yil Qoʻshiq Chartlarda egallagan oʻrinlari Albom BEL(WAL) 2012 „Apologize“ 3 The Voice Belgique Live Show 1

Manbalar

Havolalar Roberto Bellarosa on The Voice Belgique

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Belgiyalik qoʻshiqchilar