Anca Verma (qizlik familiyasi: Neacșu; 1987-yil 8-avgustda tugʻilgan) – ruminiyalik model va tadbirkor. Milliarder Abhishek Vermaning turmush oʻrtogʻi.
Karyerasi Verma Galați universitetida muhandislik boʻyicha magistrlik darajasini olagan. Modellikni tark etgach, u Atlas Telecom Network Romania mobil xizmat provayderida ishlay boshlagan va Buxarest operatsiyalari boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari etib tayinlangan. 2006-yilda milliarder, qurol sanoati bilan shugʻullanuvchi Abhishek Verma bilan turmush qurganidan soʻng uning global qurol savdosi va mudofaa anjomlari biznesida faoliyat yurita boshlagan. 2011-yilda u 51 foiz ulushini sotib olgan holda transmilliy qurol-yarogʻ pudratchisi bilan qoʻshma korxona boʻlgan „SIG Sauer India“ kompaniyasining boshqaruvchi direktori etib tayinlangan .
Verma tez sotiluvchi isteʼmol tovarlari transmilliy korporatsiyasi hisoblangan „Olialia World“ kompaniyasining raisi hisoblanadi. Verma Maldiv orollari xalqaro aeroportini qurish va unga egalik qilish boʻyicha shartnoma tuzgan. Ushbu qurilish uchun u 500 million AQSh dollari sarmoyaskiritgan. Ushbu aeroport 50 yil davomida „Olialia xalqaro aeroporti“ nomi bilan yuritiladi. Verma Maldiv orollaridagi xalqaro aeroportga yaqin joylashgan yana bir orolni „Olialia Island Resort“ deb nomlangan besh yulduzli mehmonxonaga aylantirmoqda.
Verma Hindiston va Ruminiya davlatlaridagi xayriya ishlarida ishtirok etadi. 2020-yil mart oyida Verma sogʻliqni saqlash xodimlari va bemorlarni COVID-19 kasalligidan himoya qilish uchun millionlab yuz niqoblari, sanitariya vositalari va tibbiy buyumlarni Hindistondagi kasalxonalarga xayriya qilgan.
Hibsga olinishi Verma va uning eri korrupsiya va pul yuvishda, shuningdek, Hindiston mudofaa amaldorlariga milliard dollarlik qurol shartnomalarini imzolash uchun pora berganlikda ayblanib, CBI tomonidan hibsga olingan. 2012-yil 8-iyunda ikkalasi ham Dehlidagi Tihar qamoqxonasida qamoqqa olingan. Verma Roli Books nashriyoti tomonidan nashr etilgan „Prison Tales“ kitobini yozgan yozuvchi Sunetra Choudhury uchun ilhom parisi boʻlgan. Yosuvchi oʻz asarida Vermani qamoqxonada 24K oltin bilan qoplangan Louis Vuitton baland poshnali poyabzalini kiygan VIP mahbus sifatida tasvirlagan.
Vermaning garov shartnomasi haqidagi arizasi 2015-yil mart oyida Dehli Oliy sudi tomonidan rad etilgan, ammo 2016-yil 20-may kuni sud toʻrt yillik qamoqdan soʻng uning garov puli toʻlangandan keyin ozod qilinishiga ruxsat bergan. Hindistonlik tergovchilarning soʻzlariga koʻra, ularning Lixtenshteyn knyazligining soliq qoʻmitasidagi Vermaning offshor bank hisoblarini muzlatishga boʻlgan urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Chunki Lixtenshteyn hukumati Hindiston huquqni muhofaza qilish boshqarmasining iltimosini rad etib, uni „baliq ovlash ekspeditsiyasi“ deb atagan. Mening sababi esa Lixtenshteyn yoki Yevropa Ittifoqida Vermaning jinoyat qilganligi haqida hech qanday ayblov qoʻyilmagan.
2017-yil aprel oyida Verma Nyu-Dehlidagi CBI Maxsus sudi tomonidan korrupsiya va pul yuvishdagi barcha ayblovlardan oqlangan va unga qarshi ikkita ish olib tashlangan.
Galereya
Manbalar
Havolalar Inaction by both CBI & CVC to investigate links between Notorious AÇIms. Dealer Abhishek Verma – Indian National, Passport No: F4116030 and certain CBI officers whom heullanges to have close links with.- Part II Interviu cu românca Anca Verma – soția miliardarului indian Abhishek Verma: "Recomand românilor să se extindă și să ajungă la lume!
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ruminiyalik modellar Turkum:Ruminiyalik tadbirkorlar