Melani Ann Amaro (1992-yil 26-iyun) 2011-yilda AQShning X Factor filmining birinchi mavsumida gʻolib chiqqan amerikalik qoʻshiqchi, Syco Music hamda Epic Records bilan 5 million dollarlik ovoz yozish shartnomasiga ega boʻlgan.

Yoshligi Amaro Florida shtatining Fort-Loderdeyl shahrida tugʻilgan va uch yoshidan keyin Britaniya Virjiniya orollaridagi Tortolada oʻsgan. Ota-onasi Xipolito Amaro va Debra Silvestr Amaroni taʼminlash uchun mablagʻlari yoʻqligini his qilganlaridan soʻng, uni buvisi Ketrin bilan yashash uchun Britaniya Virjiniya orollariga yuborganlar. Amaro ota-onasini faqat yozgi taʼtil va Rojdestvodagina koʻrar edi. Amaro oilada katta farzand boʻlgan. Amaroning ikkita ukasining ismi Mark va Maykl, singlisining ismi Mayya boʻlgan. Uning onasi Debraning eslashicha, qizi olti oylik boʻlganda, u tungi soat ikkilarda uygʻonib, oʻz beshigida qoʻshiq kuylay boshlagan. Bundan tashqari, Amaro yoshligidanoq soch tarogʻidan mikrofon sifatida foydalanib uyi atrofida aylanib qoʻshiq kuylar edi . Amaro oʻn bir yoshida qoʻshiq aytishga va aktrisalikka qiziqishini tushundi va qoʻshiq kuylash orzulariga erishishga yordam bergani uchun onasiga minnatdorchilik bildiradi.

Amaro bolaligida hech qanday qoʻshiq tanlovlariga qatnashmagan, ammo toʻylarda, cherkovlarda va boshqa tadbirlarda qatnashgan. Amaro Althea Skatlif boshlangʻich maktabida oʻqigan va keyinchalik Elmore Stoutt oʻrta maktabida oʻqishni davom ettirgan. U 15 yoshida Floridaga koʻchib oʻtadi va 2010-yili shu yerda Plantation oʻrta maktabini tamomlaydi. Amaroning oʻrta maktab oʻqituvchisi Gari Rivenbark Amaroga ovozini shakllantirishda katta yordam bergan. Oʻqituvchisi Gari Rivenbark 2012-yilning mart oyida 48 yoshida limfomadan vafot etgan. Musiqiy faoliyati

2011-yil: The X Faktor 2011-yil iyun oyida Amaro onasi aytgani uchun AQShda boʻlib oʻtayotgan X Factorning birinchi mavsumi uchun ishtirokchi sifatida qatnashib koʻrdi. Amaro hakamlar yaʼni, Saymon Kouell, Paula Abdul, Nikol Sherzinger va L. A. Ridlar oldida Beyonse Noulzning „Listen“ qoʻshigʻini kuylaydi. Amaro ilgari mahalliy Fox filialida „tezkor oʻtish“ uchun tinglovdan oʻtishga urinib koʻrdi, lekin u yerdagi prodyuserlar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi va keyinchalik Florida shtatidagi Coral Gables shahridagi BankUnited markazida keng jamoatchilik bilan tinglandi. Top 32 finalchilardan biriga aylanganidan soʻng, u Maykl Jeksonning „Will You Be there“ qoʻshigʻini hakamlar uyida, Kouell oldida ijro etadi. Amaro dastlab Top 16 ning bir qismi sifatida qabul qilinmagan va qizlar orasidan chiqarib yuborilgandi. Biroq, 2 haftadan keyin, Kouellni Floridada yana bir bor hayratda qoldiradi va Amaroni musobaqadan chetlashtirish, katta xato ekanini bilib yana musobaqaga taklif qilgan.

Amaro Rachel Crow, Drew, Tiah Tolliver va Simone Battle bilan birga Kouellning qizlar toifasida jonli shoularda qatnasha boshladi. Amaroning qoʻshilishi bilan birinchi jonli shou uchun saralash ishtirokchilarining umumiy soni 17 taga yetkazildi. 15-dekabr kuni Amaro Kris Rene va Josh Kraychik bilan birga final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u gʻolib deb eʼlon qilindi. Amaro, shuningdek, 19 yoshida gʻalaba qozongan shouning eng yosh ishtirokchisi deb tan olindi. Amaro Syco Musiqa hamda Sony Musiqa yorligʻi va 5 million dollarlik ovoz yozish shartnomasi bilan mukofotlandi. Bu mukofoti esa televideniye tarixidagi eng katta mukofotlardan biri boʻldi. Gʻolib boʻlganidan keyin koʻp oʻtmay, Sony leybli Epic Records leyblda Amaro L. A. Reid bilan birga faoliyat yuritadigan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Amaro shartnomadan tashqari yana janob Elton Jon bilan birga Pepsi reklama roligida ham suratga tushdi va bu NBC telekanalida Super Bowl XLVI paytida namoyish etilgan. 2012-yildan–hozirgacha: Truly, Leybl mojarosi va brodvey korxonalari

Amaroning albomi 2012-yil 4-dekabrda chiqarilishi kerak edi lekin chiqarilmadi. Amaroning Pepsi reklama roligi Super Bowl XLVI paytida NBC telekanalida X Factor mukofotining bir qismi sifatida namoyish etildi. Bu reklamada Amaro Elton Jon, Flavor Flav va Enni Ilonze bilan birga „Respect“ qoʻshigʻini kuylayotgani aks etgandi. Qoʻshiq 2012-yil 2-fevralda musiqa sifatida ommaga chiqarildi va Billboard Dance Club Chartda 3-oʻrindan joy oldi. 1-avgust kuni Amaro Livvi Frank tomonidan yozilgan va Rodni Jerkins prodyuseri bilan birga „Donʼt Fail Me Now“ debyut singlini chiqardi. 2012-yil 19-oktabrda Amaroning rasmiy VEVO akkauntida „Donʼt Fail Me Now“ qoʻshigʻining klip premerasi boʻlib oʻtdi, lekin qoʻshiq chartga tusha olmadi va albom 2013-yilga qoldirildi. Amaro 2012-yil 6-dekabrda X Factorda jonli ravishda „Long Distance“ nomli yangi singlni ijro etdi. Bu qoʻshigʻi 2012-yil 3-dekabrda chiqarilgan edi. Haqiqatan ham albom 2013-yil mart oyiga koʻchirildi, lekin hech qachon chiqarilmadi. 2-mavsum gʻolibi Teyt Stivensning debyut albomi 2013-yilning aprel oyida RCA Nashville ostida chiqarilgan boʻlsa-da, Amaroga esa uning leybli albomning tasdiqlangan sanasi yoʻqligini taʼkidlagan.

2013-yil avgust oyida Amaro Indoneziyada RCTIning maxsus 24 yillik yubiley televideniye dasturida, Samanta Jade, Jahmene Duglas, Kollektiv, Novita Dewi va Fatin Shidqia bilan birgalikda dunyo boʻylab X Factor uchun chiqish qildi. Amaro oʻzining yangi „Long Distance“ nomli singlini, keyin esa „The World’s Greatest“ qoʻshigʻini Fatin Shidqia bilan duet sifatida ijro etgan.

2013-yil 4-oktabrda Amaro bu ishlarini „Sen hech qachon yolgʻiz emassan“ milliy gastrolida musiqiy teatrda debyut qildi.

2014-yilda Amaro yangi boshqaruv sababli Atlantaga koʻchib oʻtdi. Yangi boshqaruv ostida Amaro moda haftaligi uchun Kayman orollari kabi joylarda, shuningdek, AQShning bir necha shaharlarida gastrol safarini va chiqishlarini boshladi. 2014-yil 19-iyun kuni u oʻzining xuddi shu nomdagi EP-dan Sound Cloud-da „Fuel My Fire“ bosh singlining premyerasi boʻldi. Amaro qoʻshiqda „oʻz leybli tomonidan chiqarilgan musiqa yoʻqligidan hafsalasi pir boʻlgani“ haqida kuylagan. Qoʻshiq 2014-yil 26-iyun kuni Epic yoki Sony hisobisiz raqamli yuklab olish sifatida mustaqil ravishda ommaga chiqarildi.

2014-yil sentabr oyidan keyin Amaroning albomi bekor qilingan va chiqarilmagan. Bir necha oy oʻtgach, „Fuel My Fire“ nomaʼlum sabablarga koʻra iTunes-dan olib tashlangan.

2015-yil 6-may kuni Amaro amerikalik xip-xop yozuvchisi Fabolous ishtirokidagi yangi „Dust“ qoʻshigʻini chiqardi. „Dust“ mustaqil jadvallarga 1-oʻrin boʻlib kirdi va 6 hafta davomida birinchilikdan tushmadi. U ketma-ket 6 oy davomida Indie chartlarida qoldi. Bu Amaroning Syco va Epic Records’dan ketganidan keyin ikkinchi mustaqil nashri hisoblanadi. „Dust“ nihoyat 2015-yil sentabrda raqamli chakana savdo doʻkonlariga kirdi. Keyin esa Faboloussiz yakkaxon versiyasi ham chiqarildi.

2016-yil 17-fevralda Amaro „The One“ nomli yangi qoʻshigʻini ham chiqardi.

Amaro 2018-yil yanvar oyida yangi tugʻilga oʻgʻli bilan birgalikda Atlantada yashar edi. Amaro Prodyuser va multi-instrumentalist Jastin A. Mur boshchiligidagi Moorehouse Musiqa Guruhi, LLC Indie leybli ostida shartnoma imzoladi. Amaro leyblga imzo chekkan birinchi ayol boʻlib tarixga kirdi. Moorehouse Musiqa guruhi ostida Melanie „Whole Mood“, „Enough“ va „Play No Games“ singllarini chiqardi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:XXI asr amerikalik aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar