Mo‘g‘ul bo‘risi (Canis lupus chanco) Mo‘g‘uliston, shimoliy va markaziy Xitoy, Koreya va Rossiyaning Ussuri mintaqasida yashovchi kulrang bo‘rining kenja turidir.
Taksonomiya Canis chanco nomi birinchi marta 1863-yilda John Edward Gray tomonidan taklif qilingan boʻlib, u Xitoy Tartariyasida otib oʻldirilgan boʻri terisiga nisbat bergan. Ushbu namunani 1880-yilda St. George Jackson Mivart tomonidan Canis lupus chanco nomi bilan tasniflangan. 1923-yilda yapon zoologi Yoshio Abe Koreya yarim orolidagi bo‘rilarni C. chancodan ajratib, nisbatan torroq tumshug‘i tufayli C. coreanus nomli alohida turga ajratishni taklif qilgan. Bu farqlanish Reginald Pocock tomonidan rad etilgan va uni C. chanconing mahalliy varianti deb atagan. 2005-yilda nashr etilgan "Dunyo sutemizuvchilari''ning uchinchi nashrida mammalogist W. Christopher Wozencraft Canis lupusning kenja turining taksonomik sinonimlari roʻyxatini keltirib, C. coreanus (Abe, 1923) ni uning sinonimlaridan biri sifatida tasniflagan.
Mo‘g‘ul bo‘risi taksonomiyasida hali ham noaniqliklar mavjud. 1941-yilda Pocock Tibet bo‘risini C. l. laniger deb atagan va uni C. l. chanconing sinonimi sifatida tasniflagan. Biroq, Wozencraft C. l. laniger ni C. l. filchneri Matschie (1907) sinonimi sifatida kiritgan. Baʻzi tadqiqotchilar hali ham Tibet boʻrisini C. l. chanco deb tasniflashadi, bu esa taksonomik chalkashliklarga sabab bo‘lmoqda. NCBI/Genbank C. l. chanconi Mo‘g‘ul bo‘risi deb, C. l. lanigerni esa Tibet bo‘risi deb ro‘yxatga oladi. Akademik manbalarda C. l. chanconi Mo‘g‘ul bo‘risi deb atashadi.
Bundan tashqari, 2019-yilda IUCN/SSC Canid Specialist Group tomonidan o‘tkazilgan seminarda Himolay bo‘risining tarqalish hududi Himolay tog‘ tizmasi va Tibet platosini o‘z ichiga olganligi qayd etilgan. Guruh ushbu bo‘ri qatorini "Himolay bo‘risi" deb atashni va genetika tahlili mavjud bo‘lguniga qadar Canis lupus chanco deb tasniflashni tavsiya qilmoqda. Himolay bo‘risining morfologik tahlili hali mavjud emas.
Tashqi koʻrinishi thumb|300x300px|Xitoyning shimolida joylashgan Dalian O‘rmon Hayvonot bogʻidagi moʻgʻul bo‘risi
Gray Xitoy Tartariyasidan olib kelingan namunani quyidagicha tasvirlaydi:Moʻynasi sargʻish-qizil, orqa tomonida uzunroq, qattiq va aralash qora va kulrang tuklar bor; tomogʻi, koʻkragi, qorni va oyoqlarining ichi oppoq; boshi och kulrang-jigarrang; peshonasi qisqa qora va kulrang tuklar bilan aralashgan. Boshi Yevroosiyo boʻrisi (C. lupus)nikiga juda oʻxshash va tishlari ham xuddi shunday. Bu hayvon Yevroosiyo boʻrisiga juda oʻxshaydi, lekin oyoqlari, quloqlari, tanasining yon tomonlari va oyoqlarining tashqi tomonlari qisqaroq boʻlib, och sargʻish tuklar bilan qoplangan boʻladi. Boshi va tanasining uzunligi 42 dyum (1,100 mm); dumining uzunligi 15 dyum (380 mm).Mashhur rus zoologi Vladimir Georgievich Heptner Rossiyaning Ussuri hududidagi moʻgʻul boʻrilarini quyidagicha tasvirlaydi:Oʻlchami katta emas - C. l. desertorumga oʻxshash yoki biroz katta boʻladi. Lekin Sibir oʻrmon boʻrilaridan sezilarli darajada kichik. Rangi kulrang, och sargʻish rang aralashgan. Moʻynasi qalin va dagʻal. Erkaklarining umumiy tana uzunligi 93 sm (37 dyum) - 158 sm (62 dyum); dumining uzunligi 30 sm (12 dyum) - 40 sm (16 dyum); orqa oyoq uzunligi 16 sm (6.3 dyum) - 24 sm (9.4 dyum); quloq uzunligi 10 sm (3.9 dyuym) - 14.5 sm (5.7 dyum); yelkagacha balandligi 58 sm (23 dyum) - 89 sm (35 dyum); va ogʻirligi 26 kg (57 funt) - 37 kg (82 funt). Urgʻochilarning umumiy tana uzunligi 90 sm (35 dyum) - 109 sm (43 dyum); dumining uzunligi 30 sm (12 dyum) - 40 sm (16 dyum); orqa oyoq uzunligi 16 sm (6.3 dyum) - 23 sm (9.1 dyum); quloq uzunligi 9.5 sm (3.7 dyum) - 13 sm (5.1 dyum); yelka balandligi 57 sm (22 dyum) - 75 sm (30 dyum); va ogʻirligi 22 kg (49 funt) - 30 kg (66 funt).
Tarqalishi thumb|250x250px|Moʻgʻul boʻrisi C. l. chanconing tarqalish hududi Moʻgʻuliston, shimoliy va markaziy Xitoy, Shimoliy Koreya va Rossiyaning Ussuri hududini oʻz ichiga oladi. Ular yaqinda Xitoyning shimolida insonlar yashaydigan yerlarning kengayishi va oqibatda uning asosiy raqibi boʻlgan Amur yoʻlbarsining yoʻq qilinishi sababli shimoliy Xitoy tomon kengayishdi. Ularning tarqalish hududi sharqda Altay togʻlari/Tyan-shan togʻlari, janubda Tibet platosi, va janubiy Xitoy bilan chegaralangan. Taksonomik sinonim mualliflari oʻz namunalarini quyidagi yerlardan olishgan: chanco Gray (1863) Xitoy Tartariyasi; coreanus Abe (1923) Koreya; karanorensis Matschie (1907) Gobi choʻlidagi Kara-nor; niger Sclater (1874) Hindistonning Ladakh ittifoqi hududidagi Hanle; va tschillensis Matschie (1907) Zhili qirgʻogʻi (Zhili hozir asosan Xebey provinsiyasining bir qismi).
Odamlar bilan munosabatlari Moʻgʻulistonda boʻriga ruhiy hayvon sifatida, it esa oila aʻzosi sifatida qaraladi. Moʻgʻullar boʻridan qoʻrqmaydi va uning odamlardan qoʻrqishini tushunishadi. Uni baʻzida "qoʻy qotili" deb atashadi. Afsonalarda, moʻgʻul choʻponlarining birinchi otasi boʻridan kelib chiqqan, va shunga qaramay, ular qoʻy podalarini himoya qilish uchun boʻrilarni oʻldirishlari kerak boʻladi. Moʻgʻulistonda boʻri moʻynasidan barqaror foydalanish amaliyoti mavjud.
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:Biologik turlar Turkum:Bo'ri turi Turkum:Yirtqichlar Turkum:Sutemizuvchilar