Nyufaundlend boʻrisi (Canis lupus beothucus) Nyufaundlendga xos boʻlgan kulrang boʻrining kenja turi edi. Ushbu tur oziq-ovqat manbasi sifatida Nyufaundlend kiyiklariga ov qilgan. Kuz va qishning boshlarida, baʼzi boʻrilarning moʻynasi oq rangga oʻzgargan, boshqalari esa qoramtir toʻq rangda qolgan.

Tashqi koʻrinishi Nyufaundlend boʻrisi o‘rtacha kattalikdagi, uzunchoq boshli, oq mo‘ynali bo‘lgan. Uning melanistik turlari ham uchragan. Materikdagi qarindoshlariga nisbatan ichki qo‘shimcha tishlari burchaklari bilan ajralib turadi. Uning oxirgi namunasi 1911-yilda o‘ldirilganligi xabar qilingan.

Taksonomiya Nyufaundlend boʻrisi 2005-yilgi “Dunyo sutemizuvchilar turlari” (Mammal Species of the World) ilmiy manbasida Canis lupus turining bir turkumi sifatida tan olingan. 1912-yilda Gerrit S. Miller Jr. Shimoliy Amerikada, xususan Missisipi daryosi va Gudzon ko‘rfazining g‘arbida hamda Platte va Columbia daryolarining shimolida uch xil bo‘ri turi mavjudligini aniqladi: o‘rmon bo‘risi, dasht bo‘risi va tundra bo‘risi.

So‘nggi ko‘rishlar 2019-yilda Nyufaundlendda ovchi bir bo‘rini koyot deb adashib otib tashlagan. DNK tahlillari bu bo‘rini va Nyufaundlendda topilgan ikkinchi bo‘rini Labrador bo‘risi ekanligini ko‘rsatdi. Bu turdagi bo‘rilar qo‘shni Labrador hududida ko‘pincha uchraydi. Ammo Nyufaundlendda juda ham kamdan-kam uchraydi.

Yana qarang Labrador bo‘risi

Manbalar

Qoʻshimcha adabiyotlar

Turkum:Biologik turlar Turkum:Bo'ri turi Turkum:Yirtqichlar Turkum:Sutemizuvchilar