Lillian Eichler Uatson (1901/1902 - 1979-yil 25-iyun) – amerikalik reklama matn mualilifi va odob-axloq bo‘yicha eng ko‘p sotilgan kitoblar muallifi edi. Uning 1921-yilda nashr etilgan va reklama kampaniyasi yaratgan birinchi odob-axloq kitobi Again She Orders – „A Chicken Salad, Please“ tezda va eng ko‘p sotilgan kitob bo‘ldi va undan keyin bir nechta yangilangan jildlar va ko‘plab boshqa kitoblari chiqdi.
Lillian Eichler tamonida yaratgan ko‘plab muallif matnlari reklama kampaniyalarida asosan ijtimoiy xavotirga ega boʻlgan mavzularga qaratilgan edi.
Hayoti Lillian Eichler Uatson 1901 yoki 1902-yilda tug‘ilgan. Uning Charlotte va Sidney ismli opasi va akasi, Lillian Eichlerdan yetti yosh kichik Alfred va Julian ismli ikkita ukasi bor edi. U Morris o‘rta maktabida o‘qigan.
Lillian 1919-yilda Manxettendagi Ruthrauff & Ryan reklama agentligi bilan ish yuzasidan intervyu oldi.
Faoliyati Kopirayter Kollejga borish uchun yetarli pulga ega bo‘lmagan Eichler 1919-yili o‘smirlik chog‘ida oilasining yordami bilan Manxetten reklama agentligi Ruthrauff & Ryanga ishga qabul qilingan. Dastlab ular ayollarni yoki yahudiylarni ishga qabul qilmasliklarini aytishdi, ammo Lillian Eichler Uatsonning portfoliosi ularni hayratga soladi.
Uning birinchi ishdagi topshiriqlaridan biri bu Rinso kir sovuni uchun reklama matnini yozish va mashhur Rinso qo‘shigʻini yaratish edi ("Rinso oq, Rinso oq, baxtli kichik yuvish kuni qo‘shig‘i") Lillian Eichler Rinso brendi uchun taxminan o‘n yil davomida reklama matnlarini yozdi.
Agentlikning yangi mijozlaridan biri – Nelson Doubleday nashriyot kompaniyasi edi. O‘sha paytda 18 yoshli Eichlerga boshligʻi Emili Xolt tomonidan 1900-yilgacha bo‘lgan Evermanning Odob-axloq ensiklopediyasining qolgan 1000 nusxasini sotishga harakat qilish vazifasi topshirildi. Eichler Uatson boshlovchining dasturxoniga qahvani to‘kayotgan mehmon ko‘rsatilgan „Sizda shunday bo‘lganmi?“ sarlavhasi bilan reklama yaratdi va ijtimoiy noqulaylik haqidagi tabiiy ishonchsizliklarga murojaat qilish uchun mo‘ljallangan matn bilan davom etdi :
Uning qilgan rejasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ldiki, inventar tezda sotildi, ammo kitoblarning ichida qadimiy maslahatlar, rasmlar va soʻzlar mavjud boʻlgani bois aksariyati tezda qaytarildi.
Eichler reklama matnlarini yozishda davom etdi, jumladan Cocomalt reklamasi bilan ishlagan vaqt davomida brendning vitamin qo‘shimchasini sotishga bo‘lgan yondashuvini „quyosh nurida yoritilgan bolalar tasvirlariga“ e’tibor qaratishdan tortib, to‘yib ovqatlanmagan bolalar omma oldida o‘zini yomon tutgani uchun onalar jamoat oldida xijolatga tushgan reklamalargacha o‘zgartirdi.
Ruthrauff & Ryan reklama agentligi uchun yana bir tashvish manbai boʻlgan Lifebuoy sovuniga Lillian Eichler tomonidan tana hidiga urgʻu bergan holda bir qator reklama matnlarini yozadi.
1935-yilga kelib, 32 yoshli Eichler akasi Alfredni Ruthrauff & Ryan agentligida butun mijozlar ro‘yxatini „g‘oya egasi“ bo‘lishiga erishish uchun o‘z hisoblarini boshqarishga o‘rgatdi.
Shaxsiy faoliyati
Doubleday marketing kampaniyasining muvaffaqiyati odob-axloq haqidagi kitob uchun bozor mavjudligini tushundi va agar Eichlerning reklama nashri kitobni sotishi mumkin bo‘lsa, u kitobni o‘zi ham yozishi mumkinligini tushundi. Lillian Eichler kitobni ish vaqtidan ikki oy o‘tgach yoza boshladi.
Eichlerning 1921-yilda qayta tahrirlangan „Odoblar kitobi“ zamonaviyroq bo‘lib, amerikaliklarning to‘g‘ri xulq-atvorini o‘rganishni xohlovchi yosh muhojirlarga moʻljallangan edi. Shuningdek, u „Shov-shuvli muvaffaqiyat“ deb ta’riflangan va Again She Orders – „A Chicken Salad, Please“ sarlavha ostida reklama ham yozgan: hamda 1949-yildagi birinchi nashridan 2013-yildagi eng so‘nggi nashrlarigacha o‘nlab nashrlari Julian Uotkinsning Eng zo‘r 100ta reklamasiga kiritilgan.
Adabiyotlari The Book of Etiquette (1921), later reprinted as The Standard Book of Etiquette Etiquette Problems in Pictures Well Bred English (1926) The Book of Conversation Charles Dickens The Customs of Mankind Wee Moderns Still Born The Standard Book of Letter Writing (1948) Light From Many Lamps (1951)
Shaxsiy hayoti Lillian Eichler Uatson 1928-yilda Tobias F. Uatsonga turmushga chiqdi va ikki farzandli boʻladi. 1941-yilda Eichler va Uatson Jackson Heights, Queens shahrida 20 xonali Tudor uslubidagi uy qurdilar, u diqqatga sazovor joy deb e’lon qilindi, ammo 2011-yilda uni asrab qolish uchun muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng Nyu-York shahri tomonidan buzib tashlandi . Manbalar
Havolalar
Turkum:Ayollar Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1902-yilda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:Amerika Turkum:Ijodkorlar Turkum:AQSH Turkum:AQSHda tugʻilganlar Turkum:Reklama Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar