Xavi Quentin Shay Simons (; 2003-yil 21-aprel) – gollandiyalik professional futbolchi, Ligue 1 chempionatining Parij Sent-Germain klubi va Gollandiya futbol milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi va chap qanot hujumchi sifatida oʻynaydi.
Dastlab Barselonaning La Masia akademiyasi futbolchisi boʻlgan Simons 2019-yil iyul oyida Parij Sen-Jermen klubi bilan shartnoma imzoladi va u yerda 2021-yil fevralida professional debyutini oʻtkazgunga qadar U-19 yoshlilar safiga qoʻshiladi. „PSJ“ safida Liga 1 va Fransiya kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Simons Gollandiyaga PSV Eindhoven klubiga qaytib keldi va klubdagi yagona mavsumida KNVB kubogi, Johan Cruyff Shield va Eredivisie eng yaxshi toʻpurari mukofotiga sazovor boʻldi. 2023-yilda u PSGga qaytdi va darhol Germaniyaning RB Leipzig klubiga ijaraga berildi.
Dastlab Gollandiya yoshlar jamoasida oʻynagan Simons 2022 yilgi FIFA Jahon chempionatiga Milliy jamoadan ilk bor chaqiruv oldi va turnirda debut qildi.
Yoshligi Amsterdam tugʻilgan Xavi Simons va Ispan millatiga mansub gollandiyalik sobiq futbolchi Regillio Simonsning oʻgʻli. Xavining katta akasi Faustino (1996-yilda tugʻilgan) ham futbol oʻynagan, u bilan bir kunda tugʻilgan kunlarini nishonlashadi.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki faoliyati Simons 2010-yilda Alicantening „Deportivo Thader“ klubidan „Barselona“ning yoshlar tarkibiga qoʻshiladi va tezda Kataloniya klubining eng yuqori baholangan yosh futbolchilaridan biriga aylanadi, Angliyaning „Chelsi“ klubi uni oʻz safiga qoʻshib olishga urinayotgani xabar qilindi. „Vunderkind“ sifatida taʼriflangan Simons 2017-yilda agent Mino Raiola vakili boʻlgan futbolchilar guruhiga qoʻshildi.
Paris Saint-Germain thumb|Simons 2020-yilda Paris Saint-Germain safida 2019-yil iyul oyida Simons „Barselona“ bilan yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmagani uchun Fransiyanin „Paris Saint-Germain“ (PSG) klubiga oʻtdi. Uning Parij klubi bilan uch yillik shartnomasi yiliga 1 million yevrogacha boʻlganligi xabar qilindi. 2021-yil 10-fevral kuni Simons PSG safida professional debyutini oʻtkazdi va u Fransiya kubogi doirasidagi „Caen“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalaba qozongan uchrashuvda Julian Draxler oʻrniga maydonga tushdi. U Ligue 1da ikki oydan soʻng Strasburgga qarshi oʻyinda (4:1) zaxiradan maydonga tushdi. 2021-yil 19-mayda u oʻzining birinchi professional kubogi – Fransiya kubogini qoʻlga kiritdi.
2021-22 yilgi mavsum oldidan Simons murabbiy Mauricio Pochettino tomonidan asosiy jamoaga tayyorgarlik va mavsumoldi mashgʻulotlariga kiritilgan. 2021-yil 14-iyul kuni „Camp des Loges“ stadionida Le Mansga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:0) zaxiradan maydonga tushib gol uradi. Uch kundan soʻng oʻsha maydonda „Chambly“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:2) yana bir gol urdi. 18-avgust kuni Simons Zoumana Camara boshchiligidagi 19 yoshgacha boʻlgan jamoa bilan mashgʻulotlarga qaytarildi. 19-dekabr kuni Feignies Aulnoye ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda PSG uchun mavsumdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi va bu uning professional faoliyatidagi ilk starti boʻldi. 2022-yil 3-yanvar kuni Simons kubokdagi Vannes klubiga qarshi (4:0) oʻyinda Kylian Mbappéga oʻzining birinchi golli uzatmasini amalga oshirdi. Uning 2021-22 yilgi mavsumdagi birinchi ligadagi ilk oʻyini 9-yanvar kuni Lyonga qarshi (1:1) boʻlib oʻtdi va 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 31-yanvar kuni Simons Fransiya kubogi 1/8 finalida Nice qarshi (6:5) oʻyinda penaltilar seriyasida soʻnggi penaltini amalga oshira olmadi. 11-fevral kuni Parc des Princes stadionida boʻlib oʻtgan Rennes klubiga qarshi (1:0) hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Mavsum oxirida Simons Ligue 1 chempionligini qoʻlga kiritdi, bu uning professional ligalardagi ilk sovrini edi.
PSV 2022-yil 28-iyun kuni Simons Eredivisiening PSV Eindhoven klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Dastlab u PSG bilan shartnomasini uzaytirishi va PSVga ijaraga berilishi kutilgan boʻlsa-da, PSV ijaraga olishni istamaganda vaziyat oʻzgardi. Biroq, PSG Simonsning 2023-yilda kuchga kiradigan shartnomasida 6 million evroga qayta sotib olish bandini kiritish boʻyicha muzokara olib bordi.
Simons faoliyatidagi ilk golini PSVdagi debyut oʻyinida kiritdi, oʻyin 2022-yil 30-iyulda Johan Cruyff Shield musobaqasida „Ajax“ klubi qarshi 5:3 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlandi. 7-avgust kuni Eredivisiedagi ilk oʻyini quyi ligadan koʻtarilgan Emmen klubiga qarshi boʻldi, 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda hisobni ochgan Johan Bakayokoning goliga assistentlik qildi. Simons UEFA chempionlar ligasi saralashida PSV tarkibida Yevropa musobaqalarida debyut qildi va 6-oktabr kuni UEFA Yevropa ligasi guruh bosqichida Zürich qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining Yevropa musobaqalaridagi ilk golini urdi. 2023-yilgi KNVB kubogi finalida u Torgan Xazard goliga assist berdi va PSV penaltilar seriyasida Ajax ustidan gʻalaba qozondi. 2023-yil 28-may kuni 2022-23 yilgi Eredivisie mavsumining soʻnggi oʻyinida Simons AZ qarshi oʻyinda dubl qayd etdi, PSV 2:1 hisobida gʻalaba qozonib ligada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va keyingi mavsum Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. U 19 ta gol bilan Utrecht klubi futbolchisi Anastasios Douvikas bilan birgalikda Eredivisiening eng yaxshi toʻpurari mukofotini qoʻlga kiritishdi. Simons yakunlangan mavsum barcha musobaqalarda 48 ta oʻyinda 22 gol va 12 assist amalga oshirdi va 2 marta, 2022-yil avgust va 2023-yil mart oylarida oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi.
2023-yil 16-iyulda PSV tomonidan Simons Paris Saint-Germainga qaytishini yakunlash uchun klub yigʻinini tark etgani eʼlon qilindi.
Paris Saint-Germainga qaytishi Simons 2023-yil 19-iyul kuni PSV bilan shartnomasida 6 million yevrolik qaytarib sotib olish bandini faollashtirgandan soʻng Parij Sent-Germainga qaytdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
RB Leipzig Simons Parij Sent-Germain tomonidan qaytarib olingandan soʻng, 2023-24 yilgi mavsum Bundesliganing RB Leipzig klubiga ijaraga berildi. Unga yangi klubida 20-raqamni tanladi. 2023-yil 12-avgust kuni u 2023-yilgi DFL-Superkubogida Bayern Munchen ustidan 3:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda yangi klubidagi debyutini amalga oshirdi. 25-avgust kuni u VfB Stuttgart qarshi gʻalaba qozonilgan oʻyinda (5:1) Bundesligadagi ilk golini kiritdi va shuningdek 2 ta assist ham amalga oshirdi. 25-oktabr kuni Simons Red Star Belgrade klubiga qarshi 3:1 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda Chempionlar ligasidagi ilk golini kiritdi va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Shuningdek 20 yosh-u 187 kunligida 2003-yilda Arjen Robbendan keyin UEFA Chempionlar ligasida gol urgan va assist amalga oshirgan eng yosh gollandiyalik futbolchiga aylandi. 7-noyabr kuni Red Star Belgradga qarshi oʻtkazilgan javob uchrashuvida Simons hisobni ochadi va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, 1/8 finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Yakunlangan mavsumda Simons Bundesliganing 32 oʻyinida 8 gol va 11 golli uzatma amalga oshirdi va jamoasi 4-oʻrinni egallashiga yordam berdi. U Bundesligada eng koʻp golli uzatma berish boʻyicha 2-oʻrinni egalladi.
Faoliyat statistikasi
Klubdagi natijalari
+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarParis Saint-Germain2020–21Ligue 110100000202021–22Ligue 16030000090Umumiy70400000110PSV2022–23Eredivisie34194191114822RB Leipzig (ijara)2023–24Bundesliga3282082104310Faoliyatidagi jami73271011732110232
Xalqaro faoliyatidagi statistika
+Milliy jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarMilliy jamoaYilIlovalarMaqsadlarNiderlandiya2022102023100202492Umumiy202
Sovrinlari Paris Saint-Germain
Ligue 1: 2021-22 Fransiya kubogi: 2020-21
PSV
KNVB kubogi: 2022-23 Johan Cruyff Shield: 2022
RB Leipzig
DFL-Supercup: 2023
Shaxsiy yutuqlari
Eredivisie oyning eng yaxshi futbolchisi: 2022-yil avgust, 2023-yil mart Eredivisie Oyning eng iqtidorli futbolchisi: 2023-yil yanvar Eredivisie oyning ramziy jamoasi: 2022-yil avgust, 2023-yil yanvar, 2023-yil fevral, 2023-yil mart, 2023-yil may Eredivisie eng yaxshi toʻpurari: 2022-23 Johan Cruyff kubogi: 2022-23 Bundesliga oyning eng yaxshi goli: 2023-yil sentyabr, 2024-yil yanvar Bundesliga oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2023-yil dekabr, 2024-yil aprel Bundesliga mavsumning ramziy terma jamoasi: 2023-24
Manbalar
Havolalar
RB Leipzig veb-saytida Profil Gollandiya Futbol Federatsiyasi saytidagi Profil (goland tilida)
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari
Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari
Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari