Xalqaro Ayollar Kengashi – ayollar huquqlarini himoya qilishda uchraydigan asosiy muammolar bilan shugʻullanuvchi ayollar tashkiloti. 1888-yil mart va aprel oylarida 9 ta: Kanada, AQSh, Irlandiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Daniya, Fransiya va Norvegiya davlatidan kelgan 53 ta ayollar tashkiloti vakillari, 80 nafar maʼruzachilar va 49 nafar delegat aʼzolari Vashingtonda yigʻilishdi. Shuningdek, bu yigʻilishda sanʼat sohasida va xayriya tashkilotlarida ishlovchi ayollar guruhlari ham ishtirok etishdi.

Boshlanish davri 1882-yilda Yevropaga tashrifi chogʻida amerikalik sufrajist ayollar Elizabeth Cady Stanton va Susan B. Anthony bir qancha mamlakatlardagi islohotchilar bilan birgalikda Xalqaro Ayollar Kengashi gʻoyasini muhokama qildilar. Ular uyga qaytishlari oldidan gʻoyalarni yanada rivojlantirish maqsadida yozishmalar qoʻmitasi tuzishdi. Anthony va Stanton boshchiligidagi Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi, 1888-yil 25-martda Vashingtonda Xalqaro Ayollar Kengashining taʼsis yigʻilishini oʻtkazishdi. Luiziananing Xalqaro Ayollar Kengashi vakili – Caroline Elizabeth Merrick boʻlgan. Ayollar huquqlari boʻyicha birinchi konvensiya – Seneca Falls konvensiyasining 40 yilligi uchrashuvning bir qismi boʻlgan.

Rachel Foster Avery Xalqaro Ayollar Kengashi ning birinchi yigʻilishini rejalashtirish va boshqarish ishlarini olib borgan hamda Susan B. Anthony oʻn oltita sessiyaning sakkiztasiga raislik qilgan. Xalqaro Ayollar Kengashi har uch yilda bir marta milliy yigʻilishlar va har besh yilda bir marta xalqaro yigʻilishlar oʻtkazishni maqsad qilgan.

Angliyalik Millicent Garrett Fawcett birinchi prezident etib saylandi, ammo u bu lavozimni rad etdi.

1894-yilda Xalqaro Ayollar Kengashii Berlinda yigʻilishga qaror qilishdi, Alix von Cotta koʻplab katta oʻqituvchilar uzoqda ekanligini aytanigan soʻng, ular 1899-yilda Londonda uchrashishdi.

Dastlabki yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkilotning koʻpgina xarajatlariga yordam bergan va AQSh aʼzolaridan olinadigan badallar byudjetning muhim qismini tashkil etgan. Koʻpgina yigʻilishlar Yevropa yoki Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtgan va ular uchta rasmiy tildan – ingliz, fransuz va nemis tillaridan foydalanishga qaror qilishgan. Bu esa kelib chiqishi yevropalik boʻlmagan ayollarning ishtirok etishiga toʻsqinlik qildi. Xalqaro Ayollar Kengashi konservativ aʼzolarini xafa qilmaslik uchun ayollarning saylov huquqini faol ravishda ilgari surmadi.

1899-yilda kengash tinchlik va xalqaro arbitraj boʻyicha xalqaro doimiy qoʻmita tuzib, yanada muhim masalalarni koʻrib chiqishni boshladi. Tez orada boshqa qoʻmitalar tashkil etildi va ular orqali Xalqaro Ayollar Kengashi saylov huquqidan tortib sogʻliqgacha boʻlgan masalalargacha aralasha olishdi.

XX asr 1904-yilda Xalqaro Ayollar Kengashi Berlin kongressida milliy saylov huquqi assotsiatsiyalarining kuchli feministik oʻziga xosligini taʼminlash uchun alohida tashkilot tuzdi: Xalqaro ayollar saylov huquqi ittifoqi. 1909-yilgi kongress Kanadaning Toronto shahrida va 1914-yilgi konferensiya Rimda boʻlib oʻtdi . 6-Kongress 1920-yilda Norvegiyaning Kristiana shahrida boʻlib oʻtgan. Konferensiya 1925-yilda Vashingtonda, 1930-yilda Vena shahrida boʻlib oʻtdi. 1936-yilda Kalkutta birgalikda oʻtkazilgan Xalqaro Ayollar Kengashi va Hindiston Milliy Ayollar Kengashining konfrensiyasiga mezbonlik qildi. Ikkinchi jahon urushi paytiga kelib barcha kongresslar toʻxtatildi.

1925-yilda Xalqaro Ayollar Kengashi ayollarni Millatlar Ligasiga tayinlash uchun oʻzining birinchi koalitsiyasini – Xalqaro Ayollar Kenashining Qoʻshma Doimiy Qoʻmitasini chaqirdi. 1931-yilga kelib, Millatlar Ligasi boshqa mamlakatdan kelgan erkakka turmushga chiqqan ayolning huquqlari borasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun Ayollar maslahat qoʻmitasini chaqirdi. 1931-yilda ikkita qoʻshimcha koalitsiya tuzildi: Aloqa qoʻmitasi va Tinchlik va qurolsizlanish qoʻmitasi. Xalqaro Ayollar Kengashi konstitutsiyasi 1936-yilda qayta koʻrib chiqilgan. Xalqaro Ayollar Kengashi 1920-yillarda Millatlar Ligasi va Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilgan.

1938-yilga kelib, eng mashhur va eng koʻp maslahat soʻraladigan ayollar xalqaro tashkilotlaridan biriga aylangan Xalqaro ayollar kengashiga aloqador kengashlar soni oʻttiz oltitaga yetdi.

Ikkinchi jahon urushi Kengash ishida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Baʼzi milliy kengashlar oʻz faoliyatini butunlay toʻxtatdi, boshqalarda rahbarlik va tashkilotchilik buzildi. 1946-yilda Xalqaro ayollar kengashi oʻz saʼy-harakatlarini qayta yoʻnaltirish va avvalgi birligini tiklash uchun Filadelfiyada yigʻildi. Konferensiya urushni va insoniyatga qarshi barcha jinoyatlarni qoralagan, shuningdek, ayollarning milliy va xalqaro maydonda faol boʻlishga chaqirgan.

Hozirgi kunda +Xalqaro ayollar kengashi Prezidentlari roʻyhatiDavomiyligiDavlati1888–1893-yillar -Ishbel Hamilton-Gordon1893–1899-yillarShotlandiyaMay Wright Sewall1899–1904-yillarAQSHIshbel Maria Hamilton-Gordon1904–1920-yillarShotlandiyaPauline Chaponnière-Chaix1920–1922-yillarShvetsariyaIshbel Maria Hamilton-Gordon1922–1936-yillarShotlandiyaMarthe Boël1936–1947-yillarBelgiyaRenée Girod(interim) 1940–1945-yillarShvetsariyaJeanne Eder-Schwyzer1947–1957-yillarShvetsariyaMarie-Hélène Lefaucheux1957–1963-yillarFransiyaMary McGeachy1963–1973-yillarKanadaMehrangiz Dowlatshahi1973–1976-yillarEronNgarmchit Purachatra1976–1979-yillarTailandMiriam Dell1979–1986-yillarYangi ZelandiyaHong Sook-ja1986–1988-yillarShimoliy KoreyaLily Boeykens1988–1994-yillarBelgiyaKuraisin Sumhadi1994–1997-yillarIndonesiyaPnina Herzog1997–2003-yillarIsroilAnamah Tan2003–2009-yillarSingapurCosima Schenk2009–2015-yillarShvetsariyaKim Jungsook2015–2022-yillarJanubiy KoreyaMartine Marandel2022–yillarFransiya

1947-yildan beri Xalqaro Ayollar Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida (ECOSOC) maslahatchi maqomiga ega boʻlib, NNT Birlashgan Millatlar Tashkilotida erisha oladigan eng yuqori akkreditatsiyaga ega. Hozirgi vaqtda Xalqaro Ayolar Kengashi 70ta mamlakatda mavjud boʻlib, uning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Xalqaro uchrashuvlar har uch yilda bir marta oʻtkaziladi.

Xalqaro uchrashuvlar 1888-yil: Vashington, Kolumbiya okrugi (Birinchi uchrashuv)

1894-yil: Berlin

1899-yil: London

1904-yil: Berlin

1909-yil: Toronto

1914-yil: Rim

1920-yil: Kristianiya

1925-yil: Vashington, DC

1930-yil: Vena

1933-yil: Chikago

1936-yil: Kolkata , CIT va Hindistondagi Ayollar milliy kengashi tomonidan birgalikda tashkil etilgan

1946-yil: Filadelfiya

2006-yil: Kiev

2009-yil: Yoxannesburg

2015-yil: Seul

2015-yil: Izmir

2018-yil: Yogyakarta

2022-yil: Avignon

Arxivlar Xalqaro Ayollar Kengashining hujjatlari The Womenʼs Library (Ayollar kutubxonasi) da saqlanadiLibrary of the London School of Economics, ref 5ICW. Boshqa hujjatlar Jenevadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti kutubxonasi, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi, Parijdagi UNESCO arxivi, Amsterdamdagi Xalqaro Axborot Markazi va Ayollar Harakati arxivi, Bryusseldagi Ayollar tarixi arxivi markazi (CARHIF), Massachusetsdagi Smit kollejining Sophia Smit kutubxonasi, Nyu-Dehlidagi Margaret Cousins Memorial kutubxonasi hamda Ontario shtatidagi Vaterlu universitetining maxsus kolleksiyalar boʻlimida joylashgan Lady Aberdeen toʻplamida saqlanadi.

Hamkor tashkilotlar AQShning Milliy Ayollar Kengashi 1888-yilda birinchi Xalqaro Ayollar Kengashi (ICW) yigʻilishida tashkil etilgan. Kanadaning Milliy Ayollar Kengashi esa 1893-yilda tashkil etilgan. Fransiya Milliy Ayollar Kengashi 1901-yilda, Italiya Milliy Ayollar Kengashi 1903-yilda, Belgiyaning Milliy Ayollar Kengashi esa 1905-yilda tuzilgan. Avstraliyaning birinchi Milliy Ayollar Kengashi esa 1931-yilda, mamlakat federatsiyadan oldin mavjud boʻlgan shtat tashkilotlarini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Ayollar tashkilotlari