Marc Guiu Paz (2006-yil 4-yanvar) – Ispaniyalik professional futbolchi, Premyer-liganing Chelsea klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klublardagi karyerasi

Barcelona Kataloniyadagi Granollers shahrida tugʻilgan Guiu oʻz faoliyatini La Liga jamoasi Barcelonaning Penya Barcelonista Sant Celoni nomli fan klubida boshlaydi. U 2013-2014-yillardagi mavsumdan boshlab esa klubning rasmiy akademiyasi La Masia safida faoliyatini davom ettiradi. Asosiy jamoa uchun chaqiruvni esa ilk bor 2023-yilning iyun oyidagi Celta de Vigo va Vissel Kobe jamoalariga qarshi mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvlarida oladi.

2023-yilning 11-oktyabrida Guiu Granada klubiga qarshi kechgan La Liga doirasidagi oʻyinida yana asosiy tarkib qaydomasiga kiritiladi, ammo mayodonga tushirilmagan. Shu oyda u ingliz gazetasi The Guardian tomonidan 2006-yileng yaxshi futbolchilar roʻyxatiga kiritiladi. 22-oktyabr kuni Guiu Athletic Bilbao jamoasiga qarsi oʻyinda 79-daqiqada zaxiradan mydonga tushadi va 23 soniya ichida debyut golini kiritadi. Bu orqali futbolchiLa Liga turnirida eng tezkor debyut golni kiritgan futbolchiga aylangan(17 yosh 291 kun).

Chelsea 2024-yil 1-iyul kuni Guiu 6 million yevro evaziga Premyer-liganing Chelsea klubiga transfer qilindi va londonliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Statistika

Klub +Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBarcelona Atletic2023–24Primera Federación134176Barselona2023–24La Liga3172Chelsea2024–25Premyer Liga0000Umumiy165248

Sovrinlar Shaxsiy

UEFA U-17 Yevro turniri toʻpurari: 2023 UEFA U-17 Yevro turniri mavsum ramziy jamoasi: 2023

Manbalar

Havolalar

Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Sunderland A.F.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Primera Federación futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Konferensiya Ligasi chempion futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar