Aziz Rametov (1988-yil 10-iyul, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik aktyor, rejissyor va xonanda.

Hayoti Aziz Rametov 1988-yil 10-iyulda Toshkent shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Uning otasi aktyor Jumadulla Rametov va onasi aktrisa Saida Rametova. Uning Ulugʻbek Rametov ismli akasi bor.

Aziz Rametov dastlab „Gler“ nomidagi musiqa maktabida 9 yil violonchel cholgʻusi asbobini oʻrgangan. Ota-onasi uni sanʼatkor boʻlishi xohlamagan va otasi Jumadulla Rametovning istagi bilan harbiy litseyga oʻqishga kirgan. Lekin keyinchalik ota-onasi harbiy litsey direktorinining „O‘g‘lingiz avvalgidan ancha yaxshi tomonga o‘zgargan. Ammo baribir bunday harbiy chiqmaydi. Kun kelib chegarada turganda, ikkita latifa evaziga ham sirlarni sotib yuboradigan bola“ degan xazil gapi bilan oʻgʻlining Estrada va sirk kollejida oʻqishiga ruxsat berishgan. Bundan soʻng esa Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan va hozirda „Sergey Apollinariyevich Gerasimov“ nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetida () prodyuserlik yoʻnalishida tahsil olmoqda.

2022-yilda Shahlo Umarova bilan oila qurgan va shu yilning 15-dekabr oyida oʻgʻil farzandli boʻlgan.

Filmografiyasi Aziz Rametov ilk bora 2005-yil „Alvido“ filmida suratga tushgan. 2015-yilda esa rejissyor sifatida ilk „Arslon izidan“ nomli filmini suratgan olgan. Bu filmning mavzusi 1991-yil Tojikistonda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida boʻlib, ushbu filmni suratga olishda aktyorning yoshlik paytida harbiy sohada olgan bilimlari foyda bergan. +Rejissyorlik qilgan filmlariYilNomiIzoh2015Arslon izidanQaramlik +Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh2019Xonqizi2018Salom, rashq2016Boy boʻlma sahiy boʻlVahshiy2015Иерей-сан. Исповедь самураяChingizArslon izidanRejissyorMen yolgʻonchimanAjal jodusiShohruh, bosh qahramonning do‘sti, xotinboz, bezori2014Erkatoy2012Qudajonlar2011ChallariNafs2010GulimJiyda guliQaydasan muhabbat?2009Qalbaki dunyoLolaAda emas, dadaDublyajda ishtirok etgan2008ShabnamBosh rol2007OʻtovJavohir, Ubaydulloning oʻgʻliBosh rolSevginatorOtabek, talabaKechirSarvarPanohЗаставаserjant RaimjonovRossiya filmiAprel-may2006Yoʻl boʻlsinBosh rol2005Alvido... +Suratga tushgan kliplariYilNomiXonandaIzoh2015Yaxshi qolZiyodaYilning eng yaxshi kliplar beshligida 3 oʻrinni egallagan

Diskografiyasi Uning 2018-yil „Derin Deniz“ nomli turk tilida aytgan qoʻshigʻi va unga olingan klip „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi tomonidan asl muallifidan ruxsat hamda qayta klip olish tavsiya qilingan. +Ijro etgan qoʻshilariNomiShoirBastakorYilAlbomIzohOʻyna-oʻyna2017За спортKoʻzingni och2018Qora qosh2019Koʻzni ochKoʻzni ochЮля2018Dilam2018Meni kechir2021Yangi yil2018Bilsamki2018VatanKoʻzni ochUnutish qiyin2018Derin deniz2018Koʻzni ochUcharmanKoʻzni ochYou my heartShirin armonimKoʻzni ochQaytaman2014Koʻzni ochBevafo2018Zubayda2023Baxtlimiz2021Для тебя2018Москва2018Yomondur2018Koʻzni ochHamon yodimda2018Derin-deniz2018Onajonim2020Yana keldi2018MalikamKoʻzni ochКрасавчик2018KelmaKoʻzni ochSogʻinaman2018KelaqolKoʻzni ochShiringina armonim2018Yodimda2018Unutmagin doʻstingni2018Fasli bahor2023Toʻy-toʻy2017Don Juan2018Qoraqosh2018Jonisan2018Malomatlar2018You my heart2018Yodimda2015Koʻzni och

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Xonandalar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar